
Raneri Shomurodovga o‘yindan oldin nima deganini aytdi
A Seriyaning to‘rtinchi turida “Kalyari” o‘z maydonida “Udineze” jamoasini qabul qildi. Har ikki jamoa faqat g‘alaba uchun harakat qilgan bahsda golsiz durang qayd etildi.
Hozircha, ochkolari sonini ikkitaga etkazib olgan sardiniyaliklar musobaqa jadvalida xavfli hududdan chiqib keta olgani yo‘q.
Uchrashuvdan keyin “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Qoniqarsiz natija
Natija meni umuman qoniqtirgani yo‘q. Lekin jamoa ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman. Biz jismonan kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va shogirdlarimdan qat’iyatli bo‘lishni so‘ragan edim. Bu eng to‘g‘ri yo‘l. Prati juda yaxshi harakat qildi. U o‘zini biz bilan uzoq vaqtdan beri birga o‘ynayotgandek tutdi.
Shomurodovga tanbeh
Biz uchrashuvdan oldin Eldor Shomurodovga kimki “Kalyari”da o‘ynasa, sherdek olishishi kerak, xato qilsa ham mayli, lekin maydonda borini berishi kerakligini uqtirdik. Bugun u maydonga tushishi bilan ana shunday o‘ynadi. Men Shomurodovning o‘yinidan qoniqdim. Shuningdek, darvozabonimiz Boris Radunovich bilan ham gaplashgandim. Darvozabonimiz ham yaxshi o‘ynab, natija qilib berdi.
Juda issiq
O‘yin vaqtida haroratning issiqligi va namlikning o‘ta yuqori bo‘lgani bizni ham “Udineze” futbolchilarini ham holdan toydirdi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, to‘g‘ri yo‘ldamiz.
Boy berilgan imkoniyat
Deyolaning o‘zida 3-4 marta qulay vaziyat bo‘ldi. Dossena ham golli vaziyatni barbol qildi. Biz har bir to‘p uchun kurashishimiz kerak. Biz maydonda yutqazishimiz, imkoniyatni boy berishimiz mumkin, lekin hech qachon taslim bo‘lmaymiz.
Himoyadagi yangilik
Himoyada ikki nafar yangi o‘yinchimiz yaxshi harakat qildi. Xatsidiakos safimizga qo‘shilganiga bir hafta bo‘ldi. Keling, hammaga biroz vaqt beraylik.
Xatolar bo‘ldi
Bugun biz kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Taktik harakatlarda yanada aniqroq o‘ynashimiz kerak. Agar biz ikkita yoki uchta gol urganimizda hech kim e’tiroz qilmasdi. Biz bu gal ham ustunligimizdan foydalana olmadik.
A Seriyada mag‘lubiyat ko‘p bo‘ladi
Men o‘z o‘yinchilarimga A Seriyada quyi ligadagidan ko‘p mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligini tushuntirganman. Biz ketma-ket juda kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelamiz. Endi bor e’tiborni keyingi raqib – “Atalanta”ga qaratamiz.
Ta’kidlash joizki, “Kalyari” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvni 24 sentyabr kuni o‘tkazadi. Klaudio Raneri shogirdlari Bergamo shahrida “Atalanta” mehmoni bo‘ladi.
Shomurodov o‘ziga keldi!
Frantsuzlar Husanovdan hayratda!
Rossiya futbolining eng yorqin yulduzlari endi Fayzullaevga muxlislik qiladigan bo‘ldi
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar