Shomurodov faoliyatida hali bunaqasi bo‘lmagan!

  • 25 fevral, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” chempionatning 26-turida amaldagi chempion “Napoli” bilan kuch sinashadi.

Musobaqa jadvalidagi vaziyat sardiniyaliklar uchun havas qilgulik emas. Jamoa 25 ta o‘yinda to‘rtta g‘alaba , ettita durang va 14 ta mag‘lubiyat bilan 19 ochko jamg‘argan holda 19-pog‘onaga tushib qolgan. Liga qoidasiga ko‘ra, oxirgi uchta qatorda qolib ketgan jamoalar o‘rnini quyi liga etakchilariga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.

dfbdftg

Amaldagi chempion “Napoli” ham  skudettoni qo‘ldan chiqarishi aniq bo‘lib ulgurgan. Bosh murabbiy Luchano Spalletti Italiya milliy terma jamoasini boshqarish uchun ketganidan keyin neapolliklarning o‘yinida keskin pasayish kuzatildi.

Ayni paytda “Napoli” 36 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Garchi bu jamoa chempionlikni saqlab qola olmasa-da, Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Hatto, nazariy jihatdan kuchli to‘rtlikka kirib, kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi ham mumkin. Ana shu maqsadda, klub xo‘jayinlari bosh murabbiylikka Franchesko Kaltsoneni taklif qildi. Bu mutaxassis vaziyatni o‘nglab, jamoani yuqoriga ko‘tarishi kerak.

“Kalyari” va  “Napoli”ning ikkinchi davradagi o‘yini oldidan Eldor Shomurodovga bog‘liq qiziqarli holat vujudga keldi.

Bu jamoalarning Neapoldagi uchrashuvi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Undan avvalgi turda “Kalyari” qiyin bahsda “Sassuolo” ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishgan va Eldor Shomurodovning golli pasi jamoasiga uch ochko keltirgandi.

Biroq “Napoli”ga qarshi o‘yinga tayyorlanish jarayonida o‘zbek hujumchisi mashg‘ulot vaqtida oyoq barmog‘ini sindirib oldi. Buning oqibatida o‘sha paytda yuqori sport formasini tiklab ulgurgan Shomurodov “Napoli”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydigan bo‘ldi.

Eldor operatsiya qilini, uning tiklanish jarayoni uch oyga cho‘zildi.

Qiziq tomoni shundaki, Shomurodov aynan “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan ikkinchi davra o‘yinidan oldin maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Bungacha 28 yoshli forvardimiz A Seriyada “Napoli”, “Verona”, “Empoli”, “Lechche”, “Bolonya”, “Frozinone”, “Torino”, “Roma”, “Latsio” va “Udineze”ga qarshijami o‘nta  uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida eng zo‘r to‘purar va sardor bo‘lib turgan Shomurodov xizmatidan foydalana olmadi.

Jarohatlardan qutilib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga kirisha boshlagan Shomurodovning oldida katta sinovlar turibdi. Eldor chempionatning qolgan o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Hozircha, “Kalyari” safida barcha turnirlarda jami 13 marotaba maydonga  tushgan hamyurtimiz hali gol ura olmagan yagona hujumchi bo‘lib turibdi.

A Seriyaning joriy mavsumi yakunlashiga hali yana 13 ta uchrashuv bor. Bu o‘yinlarda Eldor Shomurodov o‘z mahoratini namoyish etishiga umid bildirib qolamiz.

dfDCF

“Kalyari” va “Napoli” uchrashuvi 25 fevral kuni Toshkent vaqti bilan  19:00 da boshlanadi.  

Frantsiyalik futbolchilar Abduqodir Husanovga qanday baho beryapti?

Raneri savol-javobni Shomurodovdan boshladi!

Shatskix Angliyaga o‘tmagan, Shomurodov Italiyani tanladi, Fayzullaev esa...

O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti

O‘zbek klubiga yutqazgan futbolchi katta va’da berib qo‘ydi

Legionerimiz gol urdi

O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shakhzod
25/02/2024 14:19
Eldor baribir eng zori
Rasul M
25/02/2024 01:27
Eldor aka faqat zamenada otirsanizam mayli biz sizga muxlislik qilaveramiz lekin iltimos osha tomonlada yuring evropa xavosida...Uzbekistonda bolmasa sizniyam u klubdan bu klubga kochirishadi bular...
&
Тўлқин Хайит
24/02/2024 12:29
Ўтган 13та ўйинда биторта гол уролмаган бўлса қолган 13та ўйинда биронта урарда, ёки 13та ўйинда 13та гол.
&
+998911709159
23/02/2024 22:11
Элдор сени Моуринё синдирди эссиз иктидор