Shomurodov Osiyo chempionatida terma jamoaga yordam bera olmaydimi?
A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari”da yana ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Mashg‘ulot chog‘ida Eldor Shomurodov barmog‘ini sindirib oldi.
Legionerimiz endigina sport formasini tiklab, jamoasiga foyda keltira boshlagan bir pallada safdan chiqqani alamli bo‘ldi. O‘zbek hujumchisi “Sassuolo”ga qarshi kechgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida golli pas uzatib, sardiniyaliklarning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgandi va muxlislar undan keyingi bahslarda ham faol o‘yin kutayotgandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eldor Shomurodov kamida bir oyga safdan chiqqani aytilmoqda. Biroq tiklanish jarayoni bundan-da ko‘proq vaqt olishi mumkin ekan. Agar davolanish jarayoni ko‘ngildagidek kecha, Shomurodov bir-bir yarim oyda maydonga qaytadi.
Shomurodovning jarohati O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham katta yo‘qotish bo‘ldi. Terma jamoamiz sardorining 13 yanvarda start oladigan Qatardagi Osiyo chempionatida qatnashmasligi ehtimoli katta.
Eldor O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi asosiy etakchisi hisoblanadi. Xalqaro maydondagi gollarimizning aksariyati aynan Shomurodov ishtirokida kiritilayotgan edi. Xususan, 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Turkmaniston va Eron bilan bo‘lgan uchrashuvlarda terma jamoamiz kiritgan beshta goldan to‘rttasida Shomurodov gol va golli pas muallifi bo‘lgandi.
“Kalyari” muxlislari ham 28 yoshli forvardning jarohat olganini ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga italiyalik futbol ishqibozlarining fikrlarini havola etadi.
Facebook user:
Eldor Shomurodovga achindim. Sekin-asta jamoaga kirishib borayotgan edi. Men uning keyingi o‘yinlarda jamoaga katta foyda keltirishiga amin edim. Afsusdaman.
Red bleus:
Shomurodovga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.
Gigi11:
O‘tgan turda Shomurodovning ajoyib pasidan keyin printsipial raqibni mag‘lubiyatga uchratgan edik. Eldor endi sport formasini tiklab olganida jarohat olgani yomon bo‘ldi.
Claud:
Futbolchining qismatida jarohatlar bo‘lishini hammamiz bilamiz. Shomurodov va uning bir necha jamoadoshlarida ham shunday bo‘ldi. Eldorning tezroq tuzalib, safga qaytishini tilaymiz. Uning yo‘qligida balki yangi imkoniyatlar paydo bo‘lar...
KARALIS 52:
Shu jarohat ortiqcha bo‘ldi. O‘zbek hujumchisi jismoniy holatini to‘g‘rilab olgandi, biroq bu jarohat uni yana potimal formadan chiqarib yuboradi.
Shomurodovga barcha yaxshi tilaklarni tilayman. Safga avvalgidan ham kuchli bo‘lib, tezroq qaytsin.
Grillo Parlante:
Endi o‘ziga kelgan Shomurodov jarohat olgani yomon bo‘ldi. Buyog‘iga kamila ikki oy maydoncha tusholmaydi.
Eldor jismoniy tayyorgarligidagi kamchiliklar tufayli kam o‘ynagan edi. Lekin yaqinda terma jamoasida gol urdi.”Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, “Kaoyari”ning g‘alabasini ta’minlagan golga mualliflik qilgandi.
Shomurodovning yana bir necha oy maydonga tusha olmasligi alam qilyapti.
Eng mashhur murabbiy Fayzullaevni tanladi
Abbosbek Fayzullaev og‘ir yukni elkasiga olyapti!
Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!
Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “paxtakorchi”: Fayzullaev menga o‘xshamaydi!
Rossiya klubi o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Ranerining Shomurodov haqidagi gaplari rost chiqdi!
Fikrlar