Karrager: "Tottenxem" baribir MYu bo‘la olmaydi, Pochettino taklifni qabul qilishi kerak

  • 21 dekabr, 2018, 19:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” afsonalaridan biri Jeymi Karragerning so‘zlariga ko‘ra agar “Manchester Yunayted” Maurisio Pochettinoga taklif bilan chiqqan bo‘lsa, argentinalik mutaxassis hech ikkilanmay uni qabul qilishi kerak.

Tecno

“Pochettino agar MYudan taklif bo‘lgan bo‘lsa, uni qabul qilishi kerak. Chunki, “Tottenxem”ning ajoyib stadioni, uning o‘yinlariga qancha muxlis tashrif buyurishi va ushbu jamoa kelajakda qancha sovrinlarni qo‘lga kiritishi hech narsani anglatmaydi.

“Tottenxem” – “Manchester Yunayted” emas va hech qachon u singari buyuk klub bo‘la olmaydi. Pochettinoning “shporlar”dan hech qanday qarzi yo‘q. Chunki, u MYunikidan ancha kam byudjet evaziga fantastik natijalarni qayd etdi.

Qolaversa, uning o‘zi ham bunday takliflar har doim ham bo‘lavermasligini tushunib turibdi.  Agar u hozir buni rad etsa, keyinchalik unda bunday taklif boshqa bo‘lmasligi mumkin. Agar Mourisio MYuni boshqarmasa, bu g‘alati bo‘ladi”, - deydi Karrager.

Eslatib o‘tamiz, mankuanliklar joriy hafta Joze Mourinoni o‘z lavozimidan ozod etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!