
"Tottenxem" "Bavariya" futbolchisiga qiziqib qoldi
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli germaniyalik futbolchi "Tottenxem"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Ayni damda “shporlar” o‘zining belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreldga munosib o‘rinbosar qidirishmoqda va bu borada aynan Boateng nomzodini ilgari surishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Boateng uchun APL begona emas. Boisi, u 2010/11 yilgi mavsumda “Manchester Siti”da to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Jerom Boateng joriy mavsum “Bavariya” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar