
"Tottenxem" yangi stadiondagi ilk uchrashuvni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
“Tottenxem” o‘zining yangi uy stadionini Angliya chempionati 31-turida “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda ochishi mumkin, deya xabar beradi The Sun nashri. Bu o‘yin 16 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak, ammo “taqachilar” Angliya kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oladigan bo‘lsa yuqoridagi bahs aprelga ko‘chirilishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, klub vakillari quruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazadi va shundan so‘ng arenaning qachon ishga tushishi aniqlanadi. Klub yangi arenadagi ilk uchrashuvni “Nyukasl”ga qarshi 2 fevral kuni o‘tkazmoqchi edi, biroq bungacha stadion tayyor bo‘lmasligi mumkin.
Fikrlar