
A Seriya. "Benevento" ketma-ket 14-marta mag‘lubiyatga uchradi
Kecha Italiya A Seriyasining 14-turida “Atalanta” o‘z maydonida turnirning yaqqol autsayderi hisoblangan “Benevento” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv kutulganidek maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Benevento” esa shu tariqa o‘zining 14-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
“Atalanta” – “Benevento” 1:0 (0:0, 1:0)
27 noyabr «Adzurri d′Italiya»
Gol: 1:0 – 75 Kristante.
“Atalanta” – Berisha, Toloi (Ilichich, 52), Kaldara, Masello, Kastan, de Ron, Froyler, Xatebur, Kristante, Gomes (Palomino, 90), Kornelius (Petanya, 60).
“Benevento” – Brinoli, Venuti, Gimsiti, Kosta, Di Kyara, Chibsa (Memushay, 80), Del Pinto, Kataldi, Lombardi, Armenteros (Pushkash, 46), D'Alessandro (Kanute, 66).
Ogohlantirishlar: Kosta (14), Venuti (42), de Ron (51).
Fikrlar