
Birinchi golini urishga juda yaqin kelgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Klaudio Raneri qo‘l ostida “Kalyari” juda irodali jamoaga aylanib bormoqda. A Seriyaning avvalgi turida sardiniyaliklar “Frozinone”ga qarshi bahsda 72-daqiqagacha 0:3 hisobida ortda qolib, qolgan yigirma daqiqa ichida to‘rtta to‘p kiritishni uddalagandi.
Italiya kubogining 1/16 finalida “Udineze” jamoasi mehmoni bo‘lgan “Kalyari” yana irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. 63-daqiqada gol o‘tkazib yuborgan sardiniyaliklar o‘yin yakunlanishiga o‘n daqiqa qolganida hisobni tenglatirdi. Qo‘shimcha taymlarning so‘nggi daqiqasida esa Lapadula g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Uchrashuv tahlili bilan shug‘ullangan https://www.tuttocagliari.net sayti “Kalyari” futbolchining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Radunovich 6:
Birinchi bolimda darvozabon deyarli tomoshabin vazifasini bajardi. O‘yinning ikkinchi yarmida Lukkaning xavli zarbasini qaytardi.
Dzappa 6:
16-daqiqada jarohat olgan Di Pardoning o‘rnini egallagan futbolchi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajardi. Asosan raqib futbolchisi Kamarani yopish bilan shug‘ullandi va oldinda ko‘rinish bergani yo‘q.
Xatsidiakos 6:
Pozitsiyasini yaxshi qo‘riqladi. Raqibga etarli darajada qarshilik ko‘rsata oldi.
Viteska 6,5:
O‘z harakatlarini aniq va ishonchli tarzda bajardi. O‘yinida ijobiy o‘zgarish kuzatildi.
Atstsi 5,5:
Bu futbolchi raqibning yuqoridan uzatgan paslarining ko‘pini o‘tkazib yubordi. 75-daqiqada shrnini Lapadulaga bo‘shatib berdi.
Lapadula 7:
Uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytgan tajribali hujumchi g‘alaba to‘pini kiritdi.
Makumbo 6:
Maydon markazida ustunlikni ta’minladi, raqibdan to‘pni olib qo‘yish va jamoadoshlariga etkao‘zishda faollik ko‘rsatdi.
Sulemana 5,5:
Yaxshi o‘ynashga harakat qildi. Lekin aynan uning xatosi tufayli Gessan “Kalyari” darvozasini ishg‘ol qildi.
Deyola 6:
Qo‘shimcha taymda maydonga tushgan futbolchi faol o‘ynadi.
Yankto 6:
Formasini taklab olayotgan Yankto hujumchilarni to‘p bilan ta’minlashga e’tibor qaratdi. Ikkinchi bo‘limda o‘rnini Obretga bo‘shatib berdi.
Obert 5,5:
Himoyalanishda ancha qiynaldi. Shu bilan birga to‘p uzatishda ko‘p xato qildi.
Oristanio 6.5:
Bu futbolchi to‘pni raqibdan olib qo‘yish va “Udineze” darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratishga harakat qildi. Ba’zan qulay vaziyatda turgan jamoadoshlaridan to‘pni qizg‘andi.
Pereyro 6:
75-daqiqada Oristanioning o‘rniga tushgan futbolchi ancha faol harakat qildi.
Shomurodov 6:
Raqibning tajribali himoyachilari bilan raqobatlashishi to‘g‘ri keldi. Jamoadoshlariga golli vaziyatlar yaratishga urindi. Birinchi bo‘limda o‘zi ham hisobni ochishi mumkin edi. Golu rishga juda yaqin kelgan bo‘lsa-da, Eldorga bu gal ham to‘p kiritish nasib qilmadi.
Viola 7,5:
75-daqiqada Shomurodov o‘rnini egallagan futbolchi jarima zarbasidan to‘p kiritdi va hisobni tenshlashtirdi.
Petanya 6,5:
Jamoasiga jarima to‘plarini ishlab berdi. Lapadulaning g‘alaba goliga pas berdi.
Raneri 7:
“Kalyari” hujumkor o‘yin ko‘rsatyapti, biroq individual xatolar ko‘pinchi jamoaga qimmatga tushyapti. Biroq Raneri o‘z shogirdlarini oxirigacha kurashishga o‘gatdi. Bu keyingi ikki o‘yinda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.
Fikrlar