
Diqqat! "Navbahor" ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi vaqti va joyi o‘zgardi
Xabaringiz bor, "Navbahor" ertaga Tojikistonning 10 karra va amaldagi chempioni “Istiqlol”ga (Dushanbe) qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Mazkur o‘yinning vaqti va joyi o‘zgardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
“Navbahor” – “Istiqlol” uchrashuvi ertaga soat 20:00 da Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar