Ramosni qo‘lga kiritgan PSJ yana bir yulduzni olyapti!

  • 8 iyul, 2021, 17:00
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati Serxio Ramos bilan shartnoma imzolaganidan keyin navbatdagi transferni amalga oshirishga e’tibor qaratmoqda.

Parijliklar o‘z tarkibiga “Manchester Yunayted” yangi bitimga ko‘ndira olmayotgan Pol Pogbani olib kelmoqchi.

 Inglizlar qaysar futbolchini 50-60 million evroga qo‘yib yuborishi kutilmoqda. Shunga qaramay, parijliklar frantsiyalik yulduzni oladigan bo‘lsa, moliyaviy feyr-pley chegarasidan chiqmaslik uchun bir necha o‘yinchisini sotib yuboradi.

Pogbaning manchesterliklar bilan shartnomasi kelasi yili tugashini inobatga olsak, klub uni shu yozda  sotib yuborishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!