
Ronaldu va Dibala ketmoqchiligidan xabar topgan “Yuventus” super hujumchi qidirmoqda
Kelasi mavsum oldidan “Yuventus” oldida to‘purar hujumchi topish masalasi dolzarb bo‘lib qoladi. Chunki Ronalduning jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqatilmoqda. Dibala so‘ragan maoshni turinliklar bera olmayapti. Gonsalo Iguain ham yozda klubdan ketmoqchi.
Shu bois “Yuventus” yozda “Vulverxempton” muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynayotgan meksikalik hujumchi Raul Ximenesni qo‘lga kiritmoqchi. Biroq, angliyaliklar so‘rayotgan 50 million evro turinliklarga ma’qul kelmayapti.
Raul Ximenes joriy mavsumda jami 23 ta gol urib, 10 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar