
Tezkor: O‘zbek futbolchisi Premer-liga klubiga o‘tdi!
O‘zbek futbolining eng iqtidorli himoyachilaridan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev faoliyatini Qozog‘iston Premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Bir necha manbalarning tasdiqlashicha, Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasi 22 yoshli chap qanot himoyachisini “Qayrat” klubiga ijaraga bergan.
- “Nijniy Nogorod”ning 22 yoshli chap qanot himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Qayrat”ga o‘tyapti. Nijniy novgorodliklar futbolchini keyinchalik 500 ming evroga to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir yilga Qozog‘istonga ijaraga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi, - deb xabar tarqatdi taniqli insayder Ivan Karpov.
Ibrohimxalil aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondan “sherlar”dan tashqari ijara asosida “Bunyodkor” jamoasida ham o‘ynagan.
Yo‘ldoshev legioner maqomini ancha yosh vaqtida oldi. Iste’dodli himoyachi 2021 yilning avgustida Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Futbolchimizni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun “Nijniy Novgorod” jamoasi “paxtakor”ga 250 ming evro to‘lagani qayd etilgan.
Ibrohimxalilning legioner sifatidagi faoliyati ancha omadli boshlandi. Premer-ligadagi dastlabki mavsumida 19 ta uchrashuvda qatnashib, Moskvaning “Spartak” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylangan Yuldoshev keyingi mavsumda 27 marotaba maydonga tushdi. U himoyadagi o‘z vazifasini uddalashdan tashqari, jamoa hujum chizig‘iga yordam berib, “Sochi” va “Ural” darvozalarini ishg‘ol qildi.
Premer-ligada yaxshi o‘ynay boshlagan hamyurtimizga ayrim jamoalardan qiziqish bo‘ldi. Xususan, Rossiya matbuoti o‘zbe futbolchiga “Spartak” e’tibor qaratganini yozgandi. Lekin ish rasmiy taklifgacha etib bormoqda.
Joriy mavsumdan Ibrohimxalilning o‘yinida pasayish kuzatildi. “Nijniy Novgorod” bosh murabbiyi Sergey Yuran uni boshlang‘ich tarkibga kiritmay qo‘ydi. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham Yo‘ldoshev o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishi kerakligini ta’kidlab, bosh jamoaga chaqirmadi.
Xullas, yangi mavsumda Premer-liga va Rossiya kubogida olti marta maydonga tushgan futbolchimiz o‘z hisobiga bitta assist rasmiylashtirdi xolos.
Umumiy hisobda, Rossiyadagi faoliyati davomida jami 63 ta bahsda qatnashib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev hayotida yangi bosqich boshlanmoqda.
“Qayrat” yangi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Almatiliklar o‘tgan mavsumda to‘rtinchi pog‘onani egallab, sovrinli o‘rinlardan quruq qolgandi. Bu gal “Qayrat” yanada yuqori o‘rinlar uchun kurashish maqsadida tarkibini kuchaytiryapti.
Hozircha, bu klub Ibrohimxalil Yo‘ldoshevdan tashqari Luka Gadrani, Giorgi Zariya va Elder Santana kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Qozog‘iston chempionligi “Ordabasi”ga nasib qildi. Chimkent shahri jamoasi safida o‘ynagan Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov jamoaning tarixiy g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Husanovning o‘yiniga Evropadan qanday munosabat bo‘ldi?
Fayzullaevga ustozi yangi vazifa yukladi
O‘zbekistondan Osiyo kubogida syurpriz kutishyapti!
Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!
Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti
“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!
O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!
Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi
Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi
Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!
Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!
Fikrlar