
“Atletiko” va yana 5 ta Ronalduning La ligadagi sevimli jamoalari
Ertaga Ispaniya La ligasi 31-turida Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa “matraschilar” darvozasini ishg‘ol etish bo‘yicha ustasi faranglardandir. Biz esa ertangi o‘yin oldidan portugaliyalik super yulduzning La ligadagi “sevimli” jamoalari bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>“O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
>>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
>>“Lester” va EChLdagi debyut mavsumida chorak finalga chiqqan 5 jamoa
5-6. “Atletik” – 16 ta gol
“Atletik” – bu nom muhlislarga yaxshi tanish. Ispan va jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ushbu Bask klubi Ronaldudan juda ham ko‘p aziyat chekkan. 2009 yildan buyon “Real” safida o‘ynab kelayotgan futbolchi shu paytga qadar Bilbao shahri sharafini himoya etuvchi jamoa darvozasiga 16 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqqan. Umuman “Atletik” klubiga eng ko‘p gol urgan madridlik futbolchilar quyidagilardir: Ronaldu 16, Pushkash, Raul hamda Ugo Sanches 11 ta.
>>EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati
5-6. “Barselona – 16 ta
“Barselona” klubi haqida esa ta’riflashga hojat bo‘lmasa kerak. “El Klassiko”da to‘p kiritish bo‘yicha Ronaldudan oldinda faqat Messi hamda Alfredo Di Stefanolar bor. Messi hisobida 21, Di Stefano hisobida esa “klassiko”lardagi 18 ta gol mavjud.
>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
3-4. “Celta” – 18 ta
Ronaldu futbolchilik faoliyatidagi 400-golini aynan “Selta” darvozasiga kiritgan. Bu hodisa ro‘y berganiga ham 2 yildan oshdi. Bundan tashqari portugaliyalik futbolchi mazkur klub darvozasiga bir o‘yinda 4 ta gol kiritgan holatlar ham ro‘y bergan. Umumiy esa Vigo shahri jamoasiga “CR7” 18 bor gol kiritgan.
>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”
3-4. “Atletiko” – 18 ta
Birinchi davradagi baxsdan so‘ng Ronalduning La ligada “Atletiko”ga kiritgan gollari soni 18tani tashkil etdi. So‘nggi vaqtlarda “qirollik klubi”ning “Barselona”dan keyingi noqulay raqibi aynan “matraschilar” bo‘lib kelishayotgan edi. Biroq Ronaldu birinchi darada “Visente Kalderon”da kechgan bahsda mezbonlarga 3 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqqan holda La ligada “Atletiko”ga kiritgan gollari sonini 18 taga etkazib olgan edi. Umuman esa u Madrid derbisida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi degan nomga ham sazovordir.
2. “Xetafe” – 20 ta
Madrid yaqinidagi shaharcha sharafini himoya etuvchi mazkur jamoga qarshi uchrashuvlarda Ronaldu maydonni golsiz tark etgan emas. Ushbu qarama-qarshilikda asosan “qaymoqranglilar”ning 7-raqami egasi “dubl” qayd etib keladi.
1. “Sevilya” – 23 ta
Evropa ligasi/UEFA Kubogi “qirollari”ni Ronaldu yaxshi ko‘rganidan har doim o‘z gollari bilan ularni “siylab keladi”. 17 o‘yinda 24 bor gol kiritish bu fantastik natijadir. Portugaliyalik yulduz andalusiyaliklar bilan o‘zaro o‘yinlarda bir bor “poker” va 4 bor “xet-trik” qayd etgan.
Izoh: Statistika 07.04.2017 holatiga
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar