
EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Kuni kecha EChL chorak finalida dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “Real” safarda Krishtianu Ronalduning “dubl”i evaziga safarda 1:2 hisobida g‘alaba qozondi va portugaliyalik yulduzning “Bavariya”ga kiritgan gollari 6 taga etdi. Biz esa shu munosabat bilan, myunxenliklar darvozasini EChLda eng ko‘p ishg‘ol etgan futbolchilar to‘rtligi bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>“Lion” – “Beshiktosh” o‘yiniga oid faktlar
>>“Ayaks” – “Shalke-04” o‘yiniga oid faktlar
>>“Selta” – “Genk” o‘yiniga oid faktlar
4-5. Lionel Messi – 4 ta gol
Leo “Bavariya” darvozasiga 6 o‘yinda 4 bor “yo‘l topgan”. Jumladan 2008/09 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola boshliq “Barselona” chorak finalda “Barselona” o‘z maydonida 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan va argentinalik super yulduz mazkur bahsda “dubl”ga erishgan. Qolgan ikki gol esa 2014/15 yilgi mavsum yarim final dastlabki o‘yinida kiritilgan. “Kamp Nou”da kechgan bahsda Messi Noer darvozasini ikki bor nishonga olgan. E’tibor qilgan bo‘lsangiz Messi umuman “Alyants-Arena”da gol kiritmagan.
>>“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar
3. Andrey Shevchenko – 5 ta
Shevchenko esa “Milan”da o‘ynab yurgan kezlari “Bavariya” muxlislari undan juda ham xadiksirashar edi. Boisi, “Sheva” myunxenliklar darvozasini ishg‘ol etishni “xush” ko‘rardi. Andrey 5 ta golning faqatgina birini penaltidan kiritgan.
>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar
2. Filippo Inzagi – 6 ta
Umuman, “Milan” 2000-2010 yillar davomida “Bavariya”ni “nazar pisand” qilmagan va har uchchala safar ham pley-offda nemislarni bort ortida qoldirib ketgan. Bularda albatta, Inzagining xissasi ham bor. “Pippo gol” degan laqabga ega bo‘lgan sobiq hujumchi uchun o‘sha vaqtlarda Oliver Kan darvozasini ishg‘ol etish unchalik ham qiyin bo‘lmagan.
1. Krishtianu Ronaldu – 6 ta
Ronaldu esa “Real”ga o‘tganidan so‘ng “Bavariya” bilan beshinchi bor o‘ynamoqda va bu o‘yinlarda 6 ta bor gol kiritib, bir marta sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan. Statistikaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Ronaldu “Bavariya”ga gol urgan bahslarda yakunda “dubl” qayd etgan ekan. Aytgancha, 6 golning 1 tasi penaltidan kiritilgan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar