Futbol tarixida eng ko‘p sovrin yutgan 8 futbolchi

  • 30 may, 2017, 23:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har bir futbolchi, umuman sportchi sovrinlarga erishish, g‘olib chiqishni istaydi. Biz esa bugun ana shunday baxtga juda ham ko‘p bor erishgan 8 futbolchi bilan sizlarni tanishtiramiz. Darvoqe, eslatish yodimizdan ko‘tarilibdi, bu sovrinlar faqat klub futboliga aloqadordir. Ya’ni terma jamoa bilan yutilgan sovrinlar inobatga olinmagan.

>>Zidan bu mavsum kimlarga ko‘p ishondi?

>>Chicharito to‘purar yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar 

>>“Bavariya”ning so‘nggi 5 sardori

7-8. Vitor Baiya – 31 ta sovrin

Faoliyatining katta qismini “Portu”ga baxshida etgan Baiya “ajdarlar” bilan jami 26 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Jumladan, u qo‘lga kiritilish mumkin bo‘lgan barcha sovirnlarni yutgan. Qolgan 5 ta titul esa “Barselona” safida qo‘lga kiritilgan. Kataloniyaliklar bilan Baiya mahalliy arenadagi sovrinlardan tashqari 1997 yilgi KEKni ham qo‘lga kiritgan.

>>Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar 

7-8. Kenni Dalglish – 31 ta sovrin

“Seltik” xamda “Liverpul” jamoalarining afsonasi bo‘lgan Dalglish faoliyati davomida 31 ta sovrin yutgan ekan. Shulardan 9 ta titulni “keltlar” safida qo‘lga kiritgan Dalglish qolgan 22 ta sovrinni “qizillar” safida qo‘lga kiritgan.

>>Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi? 

5-6. Dani Alves – 33 ta sovrin

Braziliyalik himoyachi hozirda o‘zining eng yuqori sport formasida bo‘lib turibdi. Jumladan, “Yuventus”ning bu yilgi muvaffaqiyatlarida o‘zining xissasini qo‘shib kelmoqda. Alves 33 ta sovrinni 4 ta jamoa safida yutgan. Bular, “Baiya”, “Sevilya”, “Barselona” va “Yuventus”dir.

>>Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”

5-6. Zlatan Ibragimovich – 33 ta sovrin

Zlatan o‘zi to‘p surgan barcha jamoalarda bitta bo‘lsada, sovrin yuta olgan(“Malmyo”dan tashqari). “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Milan”, “PSJ” va “Manchester Yunayted” jamoalari safida Ibragimovich jami 33 ta titulni qo‘lga kiritgan. To‘g‘ri, “Yuventus” safida qo‘lga kiritilgan ikki chempionlik birozdan so‘ng tortib olingan. Biroq bunda Zlatanning aybi yo‘q.

>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak! 

4. Rayan Giggz – 35 ta sovrin

Giggz butun faoliyatini “Manchester Yunayted”ga bag‘ishlagan va 35 ta sovrinning barchasini aynan “qizil ibislar” safida qo‘lga kiritgan. Uelslik afsona 13 ta Angliya chempionligi, 4 ta Angliya kubogi, 4 ta Liga kubogi, 9 ta Angliya Superkubogi, ikkita EChL va 1 tadan UEFA Superkubogi, qit’alararo kubok xamda klublar o‘rtasidagi JChni qo‘lga kiritgan.

>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida

2-3. Ibroxim va Xossam Xassanlar – 36 ta sovrin

Egizaklar birgalikda umumiy 72 ta sovrinni boshlari uzra baland ko‘tarishgan. Uncha-muncha jamoalar butun boshli tarixlarida buncha sovrinni qo‘lga kirita olishmagan. Bizga esa Xossam Xassan yaxshi tanish. Bundan 4 yil ilgari  uni Toshkentda Iordaniya termasi bosh murabbiyi sifatida ko‘rgan edik. U futbolchilik faoliyati davomida 14 bor Misr chempioni bo‘lganligini aloxida e`tirof etmasak, bo‘lmaydi. Boisi, hech bir futbolchi faoliyati  davomida buncha ko‘p Misr chempionligini qo‘lga kiritmagan.

>>Buffon eta olmagan rekord haqida 

1. Maksvell – 37 ta sovrin

O‘tgan xafta yakunida Frantsiya kubogi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Sen-Denidagi “Stad de Frans” o‘yingohida kechgan bahsda “PSJ” minimal hisobda “Anje”dan ustun keldi. Parijliklarning 35 yoshli yarim himoyachisi Maksvell klub futbolida faoliyatidagi 37-sovrinini qo‘lga kiritdi va bu borada jahonda eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi. Braziliyalik futbolchi 15 ta sovrinni “PSJ” safida, 10 tasini “Barselona”, 6 tasini “Ayaks”, 5 tasini “Inter” xamda bittasini “Kruzeyro” safida qo‘lga kiritgan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!