Jahondagi eng qimmatbaho darvozabon haqida nimalarni bilasiz?
Kuni kecha “Manchester Siti” klubi “Benfika”dan 23 yoshli darvozabon Edersonni 40 mln evroga sotib oldi. Shu tariqa braziliyalik posbon Jahondagi eng qimmatbaho kiperga aylandi. Xo‘sh, Ederson kim o‘zi? Nega unga “shaharliklar” shuncha pul to‘lashdi? Ushbu savollarga quyidagi maqola orqali javob olasiz.

>>Futbol tarixida eng ko‘p sovrin yutgan 8 futbolchi
>>Zidan bu mavsum kimlarga ko‘p ishondi?
>>Chicharito to‘purar yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Avvalo aytish lozim, Buffon “Yuventus”ga o‘tib, eng qimmat posbon bo‘lganida Italiya termasi darvozasini qo‘riqlar edi va “Parma” bilan UEFA kubogida g‘olib chiqishga ulgurgan edi. Edersonchi?
Qahramonimiz “Benfika”ni ikki bor Portugaliya chempionligini va bir bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritishida munosib xissa qo‘shdi. Portugaliya chempionati elit ligalar qatoriga kirmaydi. Shunday chempionatda Ederson 4 mavsum o‘ynadi. Yana shularning yarmi o‘rtamiyona jamoa – “Riu Ave”da o‘tgan.
>>“Bavariya”ning so‘nggi 5 sardori
Ederson 15 yoshligidayoq, ona Vatanini tashlab, o‘z “baxti”ni topish uchun “ko‘hna qit’a”ga keladi. Unga qadar esa “Gremio” va “San-Paulu” kabi jamoalarning akademiyasida shug‘illanar edi. “Benfika”ning tinib-tinchimas skautlari esa uni Evropaga chorlaydi.

“Benfika” akademiyasida ham u o‘zini ko‘rsata olmadi. Edersonni ikkinchi ligada o‘ynovchi “Ribrayu” klubiga berishdi. U erdan esa “Riu Ave” safiga borib qo‘shildi. Ederson 2013/4 yilgi mavsumni “Riu Ave”ning to‘rtinchi darvozaboni edi. Kelgusi mavsum esa jamoaga boshqa bir braziliyalik posbon Kassiu keldi va u asosiy posbonga aylandi. Biroq u mavsum o‘rtalarida bu qaror noto‘g‘ri ekanligini isbotlay boshladi. Ikkinchi davradan esa qahramonimiz asosiy posbonga aylandi. Keyinchalik “Benfika”ga qarshi o‘yinda Ederson 5-daqiqadayoq gol o‘tkazib yuboradi. Biroq uning jamoadoshlar “burgutlar” darvozasini ikki bor ishg‘ol etishadi va sensatsiya ko‘tarishadi. “Benfika” murabbiylariga esa Edersonning harakatlari yoqib qoladi va uni jamoaga qaytarishadi.
>>Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar
2016 yilning qishiga qadar Ederson “Benfika” zahirasida Julio Sezarning maydondagi harakatlarini tomosha qilib o‘tirar edi. Ammo “Sporting”ga qarshi derbi oldidan Sezar jarohat oldi va muxim o‘yin oldidan Edersonning maydonga tushishi aniq bo‘ldi. Xo‘sh, derbi oldidan vaziyat quyidagicha edi. “Sporting” birinchi davradagi o‘yinda mehmonda bo‘lsada, 3:0 hisobida “Benfika”ni mag‘lub etgan edi va ochkolar borasida “burgutlar”dan oldinda bo‘lib, mazkur o‘yindagi g‘alaba – amalda “Sporting”ni chempion qilar edi.
>>Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi?
Qizig‘i, qahramonimzi darvozada turgan o‘sha o‘yinda “Benfika” 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi va “Sporting”ni quvib o‘tadi. Yakunda esa mamlakat chempioni bo‘ladi.
Sog‘aygan Julio Sezar esa zahiraga “mixlanadi”. Boisi, yosh iqtidorli darvozabon qariya hamyurtidan hech bir jabhada ortda qolmaydigan darajaga etgan edi. Ayniqsa, oyoq bilan o‘ynash, darvozani tashlab chiqish va hujumni boshlab berish borasida ayni Gvardiola orzusidagi darvozabon bo‘lib etishib chiqdi.

Shu bois ham shayx Mansur uning uchun xotamtoylik qildi va Gvardiolaning talablariga “javob” beradigan darvozabon uchun rekord summa to‘ladi. Buyog‘iga esa vaziyatni kuzatamiz… Umid qilamizki, Edersonga Klaudio Bravoning qismati boshiga tushmaydi.
Tavsiya etamiz:
- Messini kamsitmang!
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- “Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar