Bunaqasi bo‘lmagan. Legionerimiz birdaniga uchta sovrinni qo‘lga kiritdi!

  • 29 noyabr, 2022, 07:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus oliy ligasidagi gollari bilan “Energetik-BGU” jamoasiga ilk bor chempionatning kumush medalini taqdim etgan Bobur Abduxoliqov mavsum yakuniga bo‘yicha bir necha sovrin sohibi bo‘ldi.

Tecno

Eng asosiysidan boshlaymiz.

25 yoshli hujumchimiz Belarus chempionatining eng zo‘r futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘pladi va g‘olib chiqdi.

20221128212054

Bobur Abduxoliqov mu nominatsiyada raqobatchilari – Vladimir Xvashinskiy ("Minsk"), Stanislav Dragun, Yakov Filipovich, Andrey Kudravets, Maksim Bordachev  (BATE), Igor Ivanovich, Maksim Skavish, Gleb Shevchenko, Sergey Chernik ("Shaxter"), Sergey Politevich ("Dinamo", Minsk)  Ilya Vasilev, Musa Isa ("Belshina"), Ruslan Lisakovich ("Isloch"), Pavel Savitskiy ("Neman")  kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Chempionatning eng yaxshi futbolchisi sovrini 2002 yildan beri topshiriladi. Shu paytga qadar bu nominatsiya bo‘yicha jami 13 nafar futbolchi g‘olib, deb topilgan. Bular  Dmitriy Lixtarovich (2002), Timofey Kalachev (2003), Andrey Razin (2004), Vitaliy Volodenkov (2005), Oleg Straxanovich (2006), Roman Vasilyuk (2007), Vitaliy Rodionov (2008, 2013), Sergey Krivets (2009), Renan Bressan (2010, 2011, 2012), Igor Stasevich (2014, 2015, 2016, 2018, 2019), Mixail Gordeychuk (2017), Maksim Skavish (2020) va Dembo Darbo (2021).

Bundan tashqari, Bobur Abduxoliqov Belarus oliy ligasining eng yaxshi to‘purari nominatsiyasida ham birinchi o‘rinni egalladi. Mohir hujumchimiz chempionat davomida 30 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 26 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga 6 ta golli pas uzatdi.

O‘zbek hujumchisi hisobida Belarus kubogidagi bitta gol va assist ham bor.

Bobur Abduxoliqov Belarus futboli tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Shuningdek, legionerimiz “Energetik-BGU”ning bir mavsumda ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha rekordchisiga aylangan.

Ta’kidlash joizki, Belarus futbol federatsiyasi mavsumning eng yaxshi hujumchisiga atalgan sovrinni ham Bobur Abduxoliqovga taqdim etdi.

20221128210028

Bobur Abduxoliqov “Nasaf” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi qarshiliklar safida 2016 yildan 2021 yilgacha to‘p tepgan. Bu jamoa tarkibida O‘zbekiston chempionati, mamlakat kubogi va Osiyo chempionlar ligasi musobaqalarida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Abduxoliqov faoliyatida Ukraina qilgan omadsiz safari ham bor. “Rux” klubi bilan shartnoma imzolagan Bobur o‘ziga asosiy tarkibda biror marta imkoniyat berilmaganidan keyin, bu klub bilan kelishuvni bekor qildi.

Shundan so‘ng, omadini sinash maqsadida o‘tgan yili yozda Belarus chempionatiga yo‘l oldi. Bu mamlakatdagi bir yarim yillik faoliyati davomida o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish eta oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli hujumchimizga kuchli ligalardan takliflar bo‘lmoqda. Bobur kelasi mavsumni boshqa klubda boshlash ehtimoli juda katta.

Bobur Abduxoliqov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasi safida to‘rt marotaba maydonga tushgan.  

Yana bir klub Shomurodovni so‘radi, “Roma” javob qaytardi!

Yaponiyada gol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!