Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

  • 30 dekabr, 2023, 19:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev O‘zbekistonda 2023 yilning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

20 yoshli legionerimizning navbatdagi individual yutug‘i u faoliyat olib borayotgan Rossiya Premer-ligasida ham keng muhokama qilinmoqda.

Sports.uz portali rossiyalik futbol ekspertlarining Abbosbek Fayzullaevning ushbu muvaffaqiyatiga qanday munosabat bildirganini havola etadi.

Valeriy Gazzaev, TsSKAning sobiq bosh murabbiyi:

29490.114275.789

Fayzullaev yoshga nisbatan ancha etuk futbol namoyish qilmoqda. Uning o‘yinini tomosha qilish juda qiziq. Abbosbek tezkor, texnikasi zo‘r, futbol bo‘yicha yaxshi ta’lim olgan o‘yinchi. U eng yaxshi sifatlarini namoyish qilmoqda va O‘zbekistonda eng yaxshi futbolchi, deb e’tirof etilgani ham bejiz emas.

Biz uning qobiliyati borligini ko‘rib turibmiz, lekin Fayzullaev o‘z iqtidorini rivojlantirishdan to‘xtamasligi kerak. U maydonda katta ishtiyoq bilan o‘ynayapti. Bu TsSKA uchun juda zo‘r transfer bo‘ldi.

Vladimir Ponomaryov, TsSKA sobiq futbolchisi:

scale_1200_1

Rossiya Premer-ligasi o‘yinchilarining texnik darajasi past. Fayzullaev bundan mustasno. O‘zbek futbolchisi vaziyatlarni bir o‘zi hal qilishga qodir.

Afsuski, chempionatda individual jihatdan TsSKAdan Abbosbek Fayzullaev va “Dinamo”dan Konstantin Tyukavindan boshqa kimnidir ajratib ko‘rsatish qiyin..

Faqatgina Fayzullaev to‘p bilan yugura oladi va dribling qo‘llaydi. Buni boshqa hech uddalay olmaydi. Tyukavin esa, to‘pni bexato qabul qilib olishga usta.

Valeriy Masalitin, futbol eksperti:

photo

Fayzullaev O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga munosib.  To‘g‘risini aytsam uning terma jamoadagi o‘yinlarini kuzatganim yo‘q. Agar O‘zbekistonda uni eng zo‘ri, deb topishibdimi, demak, Abbosbek bu sovringa loyiq.

Bugungi kunda Fayzullaev TsSKAning eng yaxshi futbolchisi. “Armiyachilar” hujumida katta foyda keltiryapti.

Yuriy Syomin, “Lokomotiv” sobiq bosh murabbiyi:

jurij-sjomin_15254531151176173023

Fayzullaev — iste’dodli futbolchi. Texnikasi kuchli. Hozirgi paytda raqibga qo‘rqmay bostirib boradigan, birga bir vaziyatda yoki bir necha raqibni aldab o‘tib ketadigan o‘yinchilar ko‘p emas. Bu qobiliyat juda qadrlanadi. Fayzullaev to‘pni va to‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘rishi shunday ko‘rinib turibdi. Bu borada u Xvicha Kvaratsxeliyaga o‘xshaydi.

“Shomurodovning Osiyo kubogida qatnasha olmasligi biz uchun katta plyus”

Fayzullaev kutilmaganda paydo bo‘ldi!

Fayzullaevga Evropadan e’tibor bo‘ldi

Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...

O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!