
O‘sish bor, tushish ham: Legionerlarimizning yangi narxlari bilan tanishing
Dunyoning aksariyat ligalarida mavsum yakunlandi. Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portalida futbolchilarning mavsumdagi ishtiroki asosida ularning yangi narxlarini e’lon qildi.
Xalqaro miqyosda faoliyat olib borayotgan portaldagi narx o‘zgarishlari turli ligalarda to‘p tepayotgan ayrim legionerlarimizga ham ta’sir qildi.
Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikki vakilimizdan biri – Abduqodir Husanovning narxi yana ko‘tarildi. Yosh himoyachimiz o‘tgan yozda “Lans” safiga qo‘shilganida transfer summasi 400 ming evro edi. Lansliklar o‘zbek legioneri uchun “Energetik-BGU” klubiga 100 ming evro o‘tkazib bergan.
Yakunlangan mavsumda Frantsiya chempionati, UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasida jami 15 ta uchrashuvda qatnashgan 20 yoshli legionerimizning transfer summasi bir necha baravar oshib, yangilangan ro‘yxatda 2,5 million evroni tashkil qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, yil boshida Husanovning transferi 2 million evroga baholangan va bir necha oy ichida 500 ming evroga o‘sdi.
Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogidan keyin Turkiyaga yo‘l olgan Azizbek Turg‘unboevning transfer narxi 850 mingdan 1 million evroga etdi.
“Sivasspor” vakili yarim mavsum davomida Turkiya Superligasida 12 marotaba maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Ijobiy o‘sishga erishgan legionerlarimiz qatoriga Hojimat Erkinovni ham kiritish mumkin. Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” jamoasiga o‘tganidan beri “Paxtakor” tarbiyalanuvchisida ijobiy ko‘rsatkichlar ko‘zga tashlanmoqda.
Arab diyoriga kelganida 600 ming evroga baholangan hujumkor futbolchimizning transfer narxi 2024 yil davomida ikki marotaba ko‘tarilib, hozir bir million evroga etdi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi ikkinchi legionerimiz Azizbek G‘anievning transfer summasi 500 ming evroga pasaydi. “Shabab Al-Ahli” yarim himoyachisi 3 million evroga baholangan.
Narxi pasaygan futbolchilar qatorida Turkiya Superligasidagi eng tajribali legionerimiz Otabek Shukurovni ham qo‘shish mumkin. Yakunlangan mavsumda iki jamoa – “Fotih Karagyumryuk” va “Kayserispor” jamoalari sharafini himoya qilgan yarim himoyachimiz 2,2 million evroga baholangan. Uning narxi 300 ming evroga pasaydi.
Ikki yil muqaddam “Sharja”da o‘ynagan davrda Otabek Shukurovning transfer narxi eng yuqori nuqtaga etib, 4 million evroni tashkil qilgandi.
“Barsa”da o‘ynagan futbolchi: Eng zo‘r transfer Fayzullaev bo‘ldi! Fayzullaevga xushxabar!
O‘zbeklar o‘ynaydigan Olimpiadada Mbappega o‘rin yo‘q!
O‘runov Masharipovdan chempionlikni tortib oldi yoxud yana qaysi futbolchilarimiz Eronni zabt etgan?
Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...
Husanovning eng katta kamchiligi va asosiy yutug‘i aytildi
Fayzullaev O‘zbekistonda o‘zidan zo‘r futbolchilar borligi aytdi
9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!
Fikrlar