“Roma”: Eng kam maosh, uch termadan taklif kutayotgan legioner va boshqa qiziqarli xabarlar

  • 14 oktabr, 2021, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining “Roma”ga befarq emasligini inobatga olgan holda Rim klubiga oid xabar, yangilik va qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Rim klubi tarbiyalanuvchisi Ebrima Darbo Joze Mourino kelganidan keyin asosiy tarkibga jalb qilina boshladi.

Klub rahbariyati buni inobatga olgan holda gambiyalik yarim himoyachiga yangi bitim berishga qaror qildi. Aslida Darboning dastlabki shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan edi.

Endi “Roma” mutasaddilari unga besh yillik kelishuv taklif qilyapti. Biroq 19 yoshli o‘yinchiga katta maosh to‘lanmaydi. Uning xizmat haqi ko‘tarilganiga qaramay, yiliga 500 ming evrodan ko‘p pul ololmaydi. Bu “bo‘rilar” tarkibida eng kam maoshlardan biri hisoblanadi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi va bu xabar tez orada rasman e’lon qilinadi.

Transfermarkt portali ayni paytda Darboning transfer summasini ikki million evroga baholanmoqda. Yosh futbolchi Konferentsiya ligasi guruh bosqichi doirasida “Zarya”ga qarshi uchrashuvda jamoadoshiga golli pas oshirdi.

Joze Mourino mazkur uchrashuvdan so‘ng, Darboning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelganini ta’kidlagan edi.

unnamed_11

“Roma” legioneri Italiya terma jamoasida o‘ynashga tayyor

“Roma” sharafini himoya qilayotgan braziliyalik Rojer Ibanes braziliyaliklar tarkibida Tokio Olimpiadasida qatnasha olmaganini va endi Italiya terma jamoasida to‘p tepishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

- Mourino Olimpiya o‘yinlarida qatnashish istagim kuchli ekanini bilardi. Agar Tokioga borganimda klubning mavsumoldi yig‘inlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lardim. O‘zimga qolsa, Olimpiadaga borardim, qolaversa, Braziliya oltin medalga sazovor bo‘ldi. Lekin “Roma” rahbariyati qolishim kerakligini ta’kidladi. Bu normal holat.

Men Braziliyada tug‘ilganman va o‘zimni braziliyalik, deb his qilaman. Bu mamlakat terma jamoasida o‘ynashni istayman. Shuningdek, menda Italiya va Urugvay fuqaroligi ham bor. Shunday ekan, bu terma jamoalar taklifini eshitishga tayyorman, - dedi Rojer Ibanes.

Istedodli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.

1006843751

“Milan” darvozasini “qariya” qo‘riqlaydi

“Milan” rahbariyati asosiy darvozabon Mayk Menyan jarohat olgani bois 38 yoshli posbon Antonio Miranteni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Mayk Menyan qo‘lidagi jarohatini operatsiya qildiradi va kamida bir oy davomida mashg‘ulot va o‘yinlarda qatnasha olmaydi.

Milanliklarning yangi darvozaboni yangi mavsum oldidan erkin agentga aylangandi. U so‘nggi uch mavsumni “Roma”da o‘tkazib, jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 30 ta to‘p olib chiqqan.

Mirante futbolchilik faoliyati davomida “Yuventus”, “Krotone”, “Siena”, “Sampdoriya”, “Parma”, “Bolonya” kabi jamoalar darvozasini qo‘riqlagan.  

h1aoNC1

Maoshni ko‘tarsangiz, bas!

“Roma”ning etakchi futbolchilaridan biri Janluka Manchini jamoa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Tajribali himoyachi manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar klub oldiga faqat birgina talab – Manchinining maoshini oshirishni qo‘ymoqda.

Ayni paytda Janluka 2024 yilning yarmigacha davom etadigan bitimda belgilanganidek, yiliga ikki million evro mash olyapti.

Bu futbolchi “Roma”ga 2019 yili 21 million evro evaziga olib kelingan. Ungacha iste’dodli himoyachi “Peruja” va “Atalanta” jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘nta o‘yin o‘tkazgan Manchini bitta gol urishga ham erishdi.

6f5ad-Dzhanluka-Manchini

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yinda Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi, chunki...

Bardam bo‘l, Shoma! Mourino “Roma”ga ko‘p gol uradigan futbolchi olyapti

“Real” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?

Mourino “Roma” futbolchilari terma jamoalarga chaqirilishidan norozi. Ketganlar orasida Shomurodov ham bor!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!