Shomurodov muxlislari o‘qimasin!

  • 20 iyun, 2023, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli futbolchisi, shubhasiz, Eldor Shomurodovdir. Lekin kuchli beshlik ligalaridagi yagona vakilimiz so‘nggi ikki yilda o‘ziga muqim joy topa olmayapti.

“Jenoa”dagi debyut mavsumida porlaganidan keyin “Roma”ga transfer qilingan o‘zbek hujumchisi A Seriyada tamoman zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. “Roma”ning taniqli yulduzlari bilan raqobatda bir yarim mavsum davomida asosiy tarkibga kiritilmaganini to‘g‘ri qabul qilish mumkin.

Eldorning yil boshida “Spetsiya”ga ijaraga o‘tgani faoliyatida burilish yasashi kerak edi. Lekin amalda Shomurodov autsayder jamoa safida ham boshlang‘ich tarkibdagi joyini saqlay oldi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi.

940x706_317x0_detail_crop_squared_20230615113413_91c43c51_dbc73596a0642f6866b877cfd3bf42d9c90890cf1a105b6d70bc6c35e2fd10c5

O‘tgan mavsumga e’tibor qaratsak, Shomurodovning klublardagi faoliyatini u qadar omadli chiqdi deya olmaymiz. Umumiy statistika ham shundan dalolat bermoqda. “Roma” va “Spetsiya” safida barcha turnirlarda jami 24 ta o‘yinda qatnashib, maydonda 1048 daqiqa harakat qilib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Shunga qaramay, Shomurodovning xalqaro faoliyati juda muvaffaqiyatli kechmoqda. 27 yoshli hujumchimiz Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tganidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ishtirokida sezilarli darajada o‘sish kuzatilmoqda.

So‘zimiz isboti uchun quyidagi faktni keltiramiz. Mashhur transfermarkt.world portali statistikasiga ko‘ra, Eldor Shomurodov O‘zbekistonda "Bunyodkor" va Rossiya chempionatida "Rostov" safida o‘ynab yurgan kezlari milliy terma jamoamiz uchun 41 ta uchrashuvda 19 ta gol urgan edi.

Shomurodov A Seriyaga ko‘chib o‘tganga qadar mamlakatimiz bosh jamoasining Bahrayn, Livan, Kanada, Iroq, O‘mon, Yaponiya, Xitoy, Yaman, Saudiya Arabistoni darvozalariga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Gruziya, Turkmaniston, Singapur va Falastinga qarshi bahslarida dubl qayd etdi.

Italiya chempionatidagi ishtirokini boshlanishi bilan Eldorning to‘purarlik mahorati ham oshdi. 2020 yilning oktyabridan beri shu paytgacha hujumchimiz xalqaro miqyosdagi 23 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan uning samaradorligi sezilarli darajada ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi ikki yarim yil ichida Eldor Eron, Singapur, Shvetsiya, Qirg‘iziston, Kosta-Rika, Qozog‘iston, Boliviya, Tojikiston darvozabonlarini bir marotabadan ojiz qoldirgan bo‘lsa, Janubiy Sudan va Turkmanistonga qarshi bahslarda dubl, Uganda va Maldiv orollari terma jamoalari bilan bellashuvlarda xet-trik qayd etdi.

Ayni paytda Toshkent va Bishkek maydonlari mezbonlik qilayotgan yangi xalqaro musobaqa – “CAFA Nation's Cup” turnirida ikkita bahsda qatnashib, umumiy hisobda o‘z nomiga uchta gol rasmiylashtirgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi.

Shomurodovning xalqaro miqyosdagi gollari soni 37 taga etdi va bu milliy jamoamiz uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Eldor aniq zarbalari orqali Maksim Shatskixning qariyb 12 yil davom etgan rekordini yangiladi.

Endi Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasini 20 iyun kuni “CAFA Nation's Cup” xalqaro turnirining finalida Eron milliy terma jamoasiga qarshi final uchrashuvida maydonga boshlab tushishi kerak.

20230617215801_PFL_2269

Ana undan keyin hamyurtimiz Rimga qaytib, yangi mavsum boshlangunga qadar “Roma” rahbariyati bilan chempionatni qaysi jamoada boshlash masalasini hal qilib olishi kerak bo‘ladi.

Shomurodov eronliklar “tolpa"sida qolib ketdi!

Bu jamoada Shomurodovga joy ochilmoqda!

O‘zbek futbolchisi Evropaning mashhur klubi nazariga tushdi. Transfer bo‘ladimi?

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Shomurodov gol urgan darvozabon PSJga o‘tadigan bo‘lyapti

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

 

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahboz qarshi
18/06/2023 21:49
Shomurodovga omad qashqadaryo qarshidan chin ko'ngildan qalbimdan tilab qolaman.