Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga doir

  • 2 iyul, 2023, 20:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov murakkab davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. Kuni kecha 28 yoshni qarshilagan hujumchimizning kelasi mavsumni qaerda boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi. 30 iyun kuni Shomurodovning “Spetsiya” bilan ijara shartnomasi tugadi. Endi u rasman “Roma” futbolchisi. Lekin Joze Mourino yangi chempionatda o‘zbek futbolchisi xizmatidan foydalanishi noaniqligicha qolmoqda.

Tecno

Xorijlik ekspertlar Shomurodovning Italiyadagi faoliyati va uchta jamoadagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib chiqdi.

Sports.uz portali mutaxassislarning xulosalarini e’tiboringizga havola etadi.

Eldor O‘zbekiston futbolining faxri. “Rostov”dagilar uchun ham afsonaviy o‘yinchi. Ilk imkoniyatdayoq Italiyaga ko‘chib o‘tdi. Qisqa fursat ichida “Jenoa” fanatlari yoqimtoyiga aydandi. Klub tarixiga o‘z nomini muhrlashi mumkin edi. Biroq, kattaroq klublarda to‘p tepishni ma’qul ko‘rdi.

Shomurodov – “Jenoa” yulduzi

Eldor “Jenoa”ga ko‘chib o‘tganidan keyin darrov o‘zini ko‘rsatdi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, faqat bir marta zaxirada qoldirdi. Genuyaliklar safida to‘rtinchi uchrashuvidayoq “Parma” darvozasiga kuchli beshlik chempionatlaridagi debyut golini urdi.

“Jenoa” uchrashuvlarda 3-5-2 va 4-4-2 taktik sxemasidan foydalanardi. Bu aynan Shomurodovga har tomonlama mos uslub. Hamma Eldorning tezkorligi va kurashuvchanligiga tan berdi. Shomurodov ortiqcha harakat qilmasdi, zamonaviy futbol namoyish qilardi. To‘pga bir-ikki teginishi bilan jamoadoshlariga uzatib yuborardi. Har ikki oyoqda kuchli zarba bera olishi ham yutug‘i edi.

Shomurodov jamoa uchun o‘ynaydigan futbolchi. Golli paslar uzatishga usta. “Jenoa”da jamoadoshlari bilan juda tez til topishddi. Debyut mavsumida A Seriyada 32 ta uchrashuvda sakkizta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Bu Italiya yuqori divizionidagi debyutant hujumchi uchun ijobiy ko‘rsatkich.

166242_680

O‘zbek forvadiga “Yuventus” jiddiy qiziqdi. Biroq, Eldor Mourino boshqarayotgan “Roma”ni tanladi.

“Roma” varianti katta xato bo‘lib chiqdi

“Roma” 2021 yilning yozida hujum chizig‘ini yangilashga qaror qilgandi. Eldor Shomurodov jamoaning faxriy hujumchisi Edin Jeko o‘rnini bosishi kutilgandi. Baland bo‘yli o‘zbek hujumchisi Jekoning vazifalarini uddalay olardi.

Joze Mourino kutilmaganda o‘zi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Temmi Abraxamni olib keldi va Jekoning o‘rnida o‘ynata boshladi.

Vaziyatga moslashish uchun Shomurodovga universallik etishmadi. “Jenoa”da mahorat bilan uddalagan ishlarini Rim klubida ko‘rsata olmadi. Unga yarim himoya va hujum chizig‘igi bog‘lash topshirilgandi. Qanotda murabbiy kutgan o‘yinni namoyish qilolmadi. O‘zbek hujumchisining iqtidorini hech kim tortib olgani yo‘q. Lekin uning mentalitetija tajovuzkorlikning yo‘qligi Mourino jamoasiga to‘g‘ri kelmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, Shomurodov top-klubdagi raqobatga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Rimdagi dastlabki mavsumda Temmi Abraxam Eldorga “non” qoldirmadi.

“Roma”dagi ikkinchi mavsumning birinchi yarmida Shomurodov umuman o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Mourino uni bir necha marotaba qisqa vaqt maydonga tushirdi. Eldor Evropa ligasi saralashida gol urgani ham portugaliyalik murabbiyning munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirgani yo‘q.

ae2d3ffd3a45b7e4d15e047e26f92989

Shomurodov o‘zini ham, “Spetsiya”ni ham qutqara olmadi

“Roma” qishki transferlar vaqtida o‘zbek legionerini “Spetsiya”ga ijaraga berdi. Joze Mourino bu Shomurodov o‘zini ko‘rsatishi uchun yangi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Biroq, bu jamoada ham legionerimiz o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi, deyish qiyin. Shomurodov qisqa fursatdi yana zaxira o‘yinchisiga aylandi. Jarohatdan qutilib, maydonga qaytgan Mbala Nzola gollari bilan Eldorni yana zaxiraga mixlab qo‘ydi.

Shomurodovning “Spetsiya”da yorqin o‘yinlari kam bo‘ldi. Ko‘proq, qulay vaziyatlarni boy berib, g‘alaba to‘pini kiritolmagan holatlari esda qoldi. Yarim mavsumda faqatgina bitta gol urganini ijobiy natija sifatida qabul qilib bo‘lmaydi.

“Spetsiya”da Eldor jamoadoshlari bilan etarli darajada til topisha olmadi. Ayrim o‘yinlarda bu pand berdi.

“Spetsiya”ning A Seriyada qolish uchun “Verona”ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi va hal qiluvchi uchrashuvni Eldor Shomurodov foydasiga yozish mumkin. Mana shu bahsda o‘zbek hujumchisi nimalarga qodirligini ko‘rsatdi.

Shomurodov o‘yinda jamoasi uchun penalti ishlab berdi, raqib himoyachisining maydondan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi. Mavsum qahramoni bo‘lgan Mbala Nzolaning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasi noaniq ketdi va bir zumda muxlislar uchun antiqahramonga aylandi.  Shu kuni Eldor oxirigacha kurashdi. Jamoadoshining goliga hammuallif bo‘ldi. Shomurodov “Spetsiya”ning shu bahsdagi eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etildi.

spezia-verona

Biroq, hamyurtimizning harakatlari “Spetsiya”ni A Seriyada olib qolishga etarli bo‘lmadi. “Verona” 3:1 hisobida zafar quchib, raqini quyi ligaga kuzatib qo‘ydi.

Shomurodov gol urishni unutgani yo‘q

Shomurodovning A Seriyadagi ko‘rsatkichlariga qarab, gol urishni unutib qo‘ydi, deyishga shoshilmang. Mahoratli forvard O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi o‘yinlarda tinimsiz gol urmoqda.

Milliy jamoamiz sardori xalqaro miqyosda 65 ta uchrashuvda kiritgan to‘plari sonini 37 taga etkazib oldi va bu borada rekord natija qayd etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shomurodov A Seriyada o‘ziga mos jamoa topsagina yana faoliyati jonlanib ko‘tadi. Ayrim ekspertlar yuqori divizionga qaytgan “Jenoa” variantiga e’tibor qaratishni taklif qilyapti. Genuyaliklar hozir tarkibini A Seriyaga moslashtirish bilan shug‘ullanyapti va ularga yaxshi saviyadagi hujumchi kerak.

uzb_tjk_sports_uz-46

Bundan tashqari, Eldor Shomurodovga Turkiyaning “Galatasaroy” va Gretsiyaning PAOK klublaridan taklif bo‘lyapti. Transfer oynasi oxirigacha A Seriya klublari ham o‘zbek hujumchisiga og‘iz solishi kutilyapti.

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/07/2023 16:50
Шомуродов факат тожикларга.киргизларга Туркменистанга гол ура олади