
Shomurodovning ustozi eng ko‘p maosh olmoqda yoxud Mourinoga xunuk xabar!
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariyati Eldor Shomurodov va “Roma”ga muxlislik qilayotganini inobatga olib, ushbu klubga oid xabar va yangiliklarni e’tiboringa havola qilishda davom etamiz.
Mourino va Allegri hammadan ko‘p maosh olmoqda
Calcio e Finaza portali A Seriyada ishlayotgan bosh murabbiylarning olayotgan maoshi bo‘yicha o‘ziga xos reyting shakllantirdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar reytingini “Roma” ustozi Joze Mourino” va “Yuventus”ni boshqarayotgan Massimiliano Allegri olmoqda. Bu ikki mutaxassis soliqlarni chiqarib hisoblaganda qo‘liga har yili 7 million evrodan mablag‘ oladi.
Reyting quyidagicha ko‘rinishga ega:
1-2.Massimiliano Allegri (“Yuventus”) – 7 million evro;
1-2. Joze Mourinyu (“Roma”) – 7 million evro;
- Simone Indzagi (“Inter”) – 4 million evro;
4-5. Mauritsio Sarri (“Latsio”) – 3 million evro;
4-5. Luchano Spalletti (“Napoli”) – 3 million evro;
- Jan Pero Gasperini (“Atalanta”) – 2,2 million evro;
7-9. Stefano Pioli (“Milan”) – 2 million evro;
7-9. Sinisha Mixaylovich (“Bolonya”) – 2 million evro;
7.9. Ivan Yurich (“Torino”) – 2 million evro;
- Vinchentso Italyano (“Fiorentina”) – 1,2 million evro;
- Valter Madzarri (“Kalyari”) – 1 million evro;
- Davide Ballardini (“Jenoa”) – 900 ming evro;
- Alessio Dionizi (“Sassuolo”) – 850 ming evro;
- Roberto D′Aversa (“Sampdoriya”) – 750 ming evro;
- Tiago Motta (“Spetsiya”) – 700 ming evro;
- Luka Gotti (“Udineze”) – 600 ming evro;
17-18. Paolo Dzanetti (“Venetsiya”) – 500 ming evro;
17-18. Aurelio Andreatstsoli (“Empoli”) – 500 ming evro.
Mourino kutayotgan futbolchini Allegri chaqiryapti
Joze Mourino Rimga kelganidan beri o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan Denis Zakariya raqib jamoa – “Yuventus”ga o‘tib ketishi mumkin.
“Roma” mutasaddilari shveytsariyalik futbolchining yozda erkin agentga aylanishini kutmoqchi emas va yanvarda uni qo‘yib yuborish uchun Myonxengladbaxning “Borussiya”siga 5 million evro taklif qilgan.
Zakariyaning o‘ziga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma va yiliga 3,5 million evro maosh beriladi. Hozircha, futbolchi ham, klub ham rimliklar taklifiga javob bergani yo‘q. Aksincha, ular “Yuventus” variantini ham o‘rganib chiqmoqda.
“Roma”da o‘rnim yo‘q edi
Xaver Pastore Rim klubiga Joze Mourino kelganidan keyin o‘ziga yangi ish joyi qidirishga majbur bo‘lgandi. Argentinalik yulduz “Elche” safiga qo‘shildi.
Pastore jurnalistlarga bergan intervyusida Rimdan ketib to‘g‘ri qilganini aytdi.
- Men Italiyada uch yil yurdim. U erda o‘zimni ko‘rsatish imkoni bo‘lmadi. Hozir “Elche”da baxtiyorman. Rimda o‘zimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydim, lekin taslim bo‘lganim yo‘q, - dedi Xaver Pastore.
Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda yangi jamoasi safida oltita uchrashuvda maydonga tushdi.
Mourinoga xunuk xabar: U kutgan o‘yinchi bu yil maydonga qaytmaydi
“Roma”ning etakchi himoyachisi Leonardo Spinatstsola yozda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etib og‘ir jarohat oldi.
Oyog‘ini operatsiya qildirgan futbolchining o‘zi noyabr oyida maydonga qaytishini bir necha bor ta’kidlagan edi. Joze Mourino bu o‘yinchini intizorlik bilan kutayotgan edi. Chunki Spinatstsola jamoaning himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf etishga qodir o‘yinchi hisoblanadi.
Biroq, futbolchini davolayotgan shifokor Lasse Lepaynen portugaliyalik mutaxassisga yoqmaydigan xulosa berdi.
Shifokorning aytishicha, Spinatstsola jarohati va uning asoratlaridan butunlay qutilishi va yana 100 foiz kuch bilan o‘ynashi mumkin. Yomon tomoni shundaki, bu imkoniyatga ega bo‘lish uchun futbolchi yana bir necha oy futboldan uzoq yurishi kerak.
Lasse Lepaynen bu turdagi jarohatlardan to‘liq forig‘ bo‘lish uchun kamida olti oy davolanish kerakligini ta’kidlamoqda. Spinatstsola eng tez tuzalgan taqdirda ham yanvar oyida maydonga qaytishi mumkin.
Tabiiyki, bu xulosa o‘yinga qo‘shilishga oshiqayotgan futbolchining o‘ziga ham, himoyadagi muammolarni hal qilishga shoshilayotgan Mourinoga ham yoqmadi.
Yaxshiboev bugun Chempionlar ligasida “Inter”ga qarshi o‘ynaydimi? Savolga bosh murabbiy aniq javob berdi!
Mag‘lubiyatlardan charchagan “Roma” supertransferlarni amalga oshiradi!
O‘runov zo‘r o‘ynay boshladi. Uni “Spartak”dan sotib olishadimi?
O‘runovning qiyin kunlari ortda qoldi!
Bu ketishda Shomurodovga “Roma”da “non” qolmaydi!
Yaxshiboevni o‘ynatmagan bosh murabbiy ishdan olindi
Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!
Fikrlar