Xavfli zarba bergan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 3 oktabr, 2023, 07:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Kalyari” Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onada qoldi.

Ettinchi turda “Fiorentina” mehmoni bo‘lgan sardiniyaliklar Florentsiyadan uchta to‘p o‘tkazgan holda qaytib keldi.

Ilk daqiqalardan o‘ynagan Eldor Shomurodov tanaffusdan keyin maydonga qaytmadi. Shu kuni “Kalyari” himoyachilarning bo‘sh o‘yini va kutilmagan xatolari tufayli yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv tahlilini qilgan https://www.calciomercato.com sayti ekspertlari “Kalyari” futbolchilarining o‘yinini qo‘yidagicha baholadi.

Radunovich 5:

Boris darvozabon sifatida o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Birinchi va uchinchi gollarda yaxshiroq o‘ynash imkoniyati bor edi. Ikkinchi golda uni ayblab bo‘lmaydi.

225310466-206fe3f4-8430-4f7f-8f01-b1454c2c5fb7

Xatsidiakos 6 :

Tezkor gollardan keyin raqib hujumchisi Gonsalesga qarshi himoyalanishga qarshi yaxshi harakat qila boshladi.

Dossena 5:

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Bu gol amalda “Fiorentina” g‘alabasini ta’minladi.

Viteska 5.5:

Birinchi golda bu himoyachining ham etarli darajada aybi bor. Ko‘pinchi raqib hujumlarini qaytarishda qiynaldi.

Dzappa 6:

Birinchi bo‘limni yaxshi va faol o‘tkazgan kam sonli o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida toliqib qoldi va o‘rnini Alessandro di Pardoga bo‘shatib berdi.

Nandes 4.5:

Tezkor gol aybdorlaridan biri. O‘yinda juda ko‘p texnik xatolarga yo‘l qo‘ydi. Nandes jamoani o‘z ortidan ergashtirishi kerak edi. Amalda maydondagi eng yomon o‘yinchi bo‘ldi.

Makumbo 5.5:

Juda sodda o‘ynadi. Paslarni o‘ziga eng yaqin turgan jamoadoshiga uzatib, to‘pdan tezroq qutilish payida bo‘ldi. Mas’uliyatni bo‘yniga olgisi kelmadi.

Deyola 5:

Birinchi bo‘limda umuman ko‘rinmadi. Shu bois, Klaudio Raneri uni tanaffusda alishtirib yubordi. O‘rniga Prati tushdi.

Prati 5.5:

O‘yin dinamikasini o‘zgartirishga intildi. Lekin har doim ham buning uddasidan chiqa olmadi.

Aujello 5:

Raqib hujumchisi Gonsalesga qarshi o‘ynashda ayncha qiynaldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni biroz o‘nglab oldi.

Petanya 5.5:

Bitta vaziyatga ega bo‘ldi, lekin bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. Boshqa o‘zini ko‘rsata olmadi.

Shomurodov: 5.5:

Eldor birinchi bo‘limda juda xavfli zarba berdi. Jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Biroq etarli darajada o‘zini ko‘rsata olmadi va tanaffusda o‘rnini Oristanioga bo‘shatib berdi.

dfDCF

Oristanio 6,5:

“Kalyari”ga etishmagan sifatlarni olib kirdi. Oristanio o‘yinni jonlantirdi. Jamoadoshlariga hujum uyushtirishga yordam berdi.

Raneri 5:

Jamoani etarli darajada tayyorlay olmagani ko‘rinib qoldi. E’tiborga molik biror g‘oyasi borligi ko‘rinmadi. Uchrashuv boshida ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, jamoa o‘yinida o‘zgarish yasay olmadi.

Xorijlik ekspertlar Fayzullaevga tan bera boshladi

Fayzullaev Evropaga ketishga tayyorlanyapti!

Legionerlarimiz tarixiy chempionlik ostonasida

Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

Legionerimiz qahramonlar qatorida

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!