Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?

  • 30 mart, 2017, 10:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ko‘pchilik futbolchilar o‘zlarining professional futbolchilik faoliyatini yakunlashganlaridan so‘ng futbol olamida qolishadi. Kimdir murabbiylik bilan shug‘ullansa, yana kimdir klub boshqaruvida qoladi. Devid Bekxem esa kino sanoatida o‘z osadinin sinab ko‘rishga axd qildi va Gay Richi tomonidan suratga oligan filmda epizodlarda ishtirok etdi. Shu munosabat bilan esa biz hikoya etadigan sobiq futbolchilar xuddi Bekxem singari boshqa sohada o‘z omadlarini sinab ko‘rganlar.

Tecno

>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari

>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari

Vinni Jons, Erik Kantona, Jon Karyu, Devid Bekxem – aktyorlar

Bu insonlarni futboldan boshqa soha, kinoindustriyasi ham bog‘lab turadi. Ular orasida Vinni Jons ajralib turadi. Uelslik sobiq futbolchi 20 dan ortiq kino va seriallarda rol o‘ynash barobarida kinomatografiya olamida ham katta yutuqlarga erisha oladi. Erik Kantona hamda Jon Karyular ham o‘z aktyorlik mahoratlarini kino sanoatida namoyish etishga bel bog‘laganlardandir. Bekxem to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tdik.

>>“Real”ning 7-raqam egalari

Faben Bartez – poygachi

Butun faoliyati davomida darvozadan o‘rin egallagan Bartez mohir poygachi ekanligini ham namoyish etmoqda. Ilk bor 2008 yil Frantsiya kubogi baxslaridagi poygada ishtirok etgan sobiq posbon, 2013-yil GT3 bo‘yicha Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgani taxsinga sazovor.

Aryan De Zeeuv – politsiyachi, detektiv

Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Angliya klublarida o‘tkazgan gollandiyalik sobiq futbolchi politsiyachilik guvohnomasiga ega chiqdi. Endilikda u oddiy politsiyachi emas, detektivdir.

>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

Konstantin Genich, Gari Lineker, Gari Nevill – futbol jurnalistikasi

Bu ro‘yhatni uzoq davom ettirish mumkin. Biroq, ulardan eng mashxurlarini keltirib o‘tdik holos. Ko‘pchilik yurtdoshlarimizga tanish bo‘lgan “Match TV” sharxlovchisi Konstantin Genich dastavval professional futbolchi bo‘lganligini hamma ham bilmasa kerak. Gari Lineker esa so‘nggi vaqtlarda juda mashxur bo‘lib ketdi. Gari Nevill haqida to‘htaladigan bo‘lsak, jurnalistikada eng yaxshi ekspertlardan biriga aylangan “MYu”ning sobiq futbolchisi murabbiylikda hech omadi kelmadi.

>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar

Leon MakKenzi – bokschi

“Kristal Pelas”, “Norvich” jamoalarining sobiq futbolchisi yoshlikdagi orzusini amalga oshirib boks sport turi bilan shug‘ullana boshladi. Ringdagi onlari futbolchilikdan ko‘ra zafarliroq o‘tayotganini ta’kidlash joiz. Noyabr oyida esa o‘rta og‘ir vazn toifasida u Angliya chempionligi uchun baxsda Jameyl Smaylga qarshi ringga chiqqan Leon boksdagi faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.

>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

Kaxa Kaladze, Jorj Vea, Xoqon Shukur, Romario, Bebeto – siyosat

“Milan” klubi sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze energetika vaziri sanalasa, bugungi kunda AQShda istiqomat qilayotgan Xoqon Shukurni davlat to‘ntarishiga aloqdorlikda ayblashmoqda. Romario, Bebeto hamda Vealar esa o‘zlarining sport olamidagi mashxurligidan foydalangan holda Vatandoshlarining turmush sharoitini yaxshilash istagida siyosat olamiga kirib kelishgan. Lekin ular hozircha katta muvoffaqiyatga erishdi deb aytish qiyin.

>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

Xarald Brattbakk – uchuvchi

Norvegiya terma jamoasining sobiq forvardi o‘zining bolalikdagi orzusini ro‘yobga chiqarib, uchuvchi bo‘ldi. Bugungi kunda “Rosenborg” klubi sobiq futbolchisi davlatga qarashli avialiniyada faoliyat yuritib kelmoqda.

Kevin Kempbell – qo‘riqlash agenti

“Arsenal” hamda “Everton” jamoalarida o‘zini ko‘rsatgan Kempell 37 yoshida butsalarini mixga ilgach, o‘z qo‘riqlash agentligiga asos soldi.

Li Kruks – desantchi

“Manchesterv Siti” muhlislariga tanish bo‘lgan bu sobiq futbolchi faoliyatini tugatgach, Britaniya desantchilari safidan joy oldi. Kruks bugunga qadar sayyoramizning bir qator “qaynoq” nuqtakarida xizmat qilishga ham ulgurdi.

Gaiska Mendeta - didjey

“Latsio” hamda “Barselona” jamoalari eks-futbolchisi penalti tepish bo‘yicha ustasi faranglardan edi. Keyinchalik butsalarini mixga ilgach, musiqa bilan oshno tutundi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, u klublarda didjeylik qilish bilan shug‘ullanadi. Ana shunaqa…

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!