Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

  • 31 mart, 2017, 10:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Bahodir Pardaev faoliyatini Janubiy Koreyaning “Bucheon” jamoasida davom ettirishi haqida xabar berib o‘tgan edik. Xo‘sh, uning yangi jamoasi haqida nimalarni bilamiz? Quyida, shu to‘g‘risida.

Tecno

>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…

>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar

>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10

Klub tarixi

“Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir”, — degan edi adib Abdulla Qodiriy. Biz ham tanishtirishni klub tarixidan boshlasak. “Bucheon” aslida 1995 yilda shu nomdagi shaharda tashkil topgan. 2006 yilda esa “Jeju Yunayted” xamda “Bucheon 1995” jamoalari birlashib, hozirgi “Bucheon” tashkil etilgan va 2007 yilda rasman ro‘yhatdan o‘tgan. “Bucheon” biror marta(qayta tashkil etilganidan) oily divizionhga chiqmagan va hozirda ham mamlakatda nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi ligada faoliyat olib keladi. Kubok bahslarida ham jamoa ikki, ba’zan esa dastlabki bosqichdayoq musobaqani tark etadi.

>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Bevosita shahar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, ushbu shahar poytaxt Seuldan uncha uzoqda joylashmaganini ko‘rishimiz mumkin – 25 km. Aholis soni bo‘yicha ham mazkur shahar yuqori o‘rinlarda turishini ham aytish joiz.

>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?

Jamoa stadioni

“Bucheon” jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini 2001 yilda foydalanishga topshirilgan 34 ming muxlisga mo‘ljallangan “Bucheon Stedium”da o‘tkazib keladi.

>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari

Jamoa murabbiyi

Jamoaga Jung Gap Seok ustozlik qilib keladi. Mazkur mutaxassis 2016 yilning noyabr oyidan buyon ushbu jamoada faoliyat olib bormoqda.

>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

Jamoa tarkibi

Jamoa safida Bahodir va mahalliy futbolchilardan tashqari uch nafar legionerlar ham to‘p suradi. Bular Xaris Harba(Bosniya va Gertsogovina) va ikki braziliyalik futbolchilari Nilson Junior xamda Vagner da Silva yoxud “Vaguinino”lar to‘p surishar ekan. Bahodirning asosiy raqobatchisi aynan so‘nggi tilga olgan futbolchi bo‘lishi kutilmoqda.

>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari

“Bucheon” bugungi kunda…

Koreyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi K liga Chellendj turnirida ayni paytda 4 ta tur ortda qolgan va Pardaevning yangi jamoasi ayni vaqtda 6 ochko bilan 10 jamoa orasida 5-o‘rinni egallab turibdi. Kubok o‘yinlarida esa “Bucheon” 4-bosqichga eti keldi. Ushbu bosqichda jamoa “Chonbuk Motors”ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!