
Kazemiro "Manchester Yunayted"ning yangi sardori bo‘lishga tayyor
"Manchester Yunayted"da to‘p surayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro "qizil iblislar"ning yangi sardori bo‘lishga tayyorligini malum qildi. Avvalroq himoyachi Xarri Maguayr sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lishi malum bo‘lgandi.
“Men kapitan bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Menga o‘rnak bo‘lish, mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib kelish yoqadi, menimcha hammaga yoqadi. Sardorlik bog‘ichini taqqan futbolchi hakamlar bilan muloqot qila olishi, namuna bo‘lishi kerak. Men bunga tayyorman", - deya braziliyalik xavbekning so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro o‘tgan yozda "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi.
Fikrlar