
Klopp "Dalglish voqevsidan" havotirga tushgan
Bu vaziyat haqida mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp fikr bildirdi:
"3 kun avval bu xabarni eshitganimda shok holatiga tushib qoldim. Yigitlar "WhatsApp"dagi guruhimizga bu haqida yozishganida hamma hayron qolgan edi, nazarimda.
Tasavvur qilyapsizmi bu qanchalar kutilmagan holat? Sizning eng yaqin insonlaringizdan birida butun dunyo kurash olib borayotgan virus borligini bilsangiz yoki bilmay qolsangiz. Bu shunchaki dahshat. Yaqinlarimiz bu kasallik bilan og‘riganini eshitish naqadar yoqimsiz ekanini boshimdan o‘tkazib ulgurdim. Endi yanada ehtiyot bo‘laman", - dedi Klopp liverpulliklar rasmiy saytiga bergan intervyusi davomida.
Ma’lumot uchun, Kenni Dalglish ham futbolchi, ham murabbiy sifatida "Liverpul" afsonasi hisoblanadi.
Fikrlar