"Liverpul" Sterlingni yana "Enfild"ga qaytaradi?!

  • 1 aprel, 2020, 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi mavsumlar oralig‘ida “Manchester Siti”da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Raxim Sterlingni ortga qaytarishi mumkin.

Tecno

L’Equipe nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar “Siti”ning 2 mavsum evrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum etilganidan foydalanib qolishmoqchi. Ammo, Sterlingni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki, uni “Real” ham tarkibga jalb etishni ko‘zlamoqda.

Ta’kidlash kerakki, Sterling 2012-2015 yillarda “Liverpul” safida o‘ynagan. Shundan so‘ng “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!