
Messi salkam 50 million evroga Parijdan uy sotib olishga qaror qildi (FOTO)
PSJ hujumchisi Lionel Messi Parijda o‘zi uchun uy-joy olishga qaror qildi.
Daily Star nashrining yozishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi shahar chetidagi 48 million evrolik hashamatli uyni tanlagan.
Qayd etilishicha, ushbu villada alohida kinoteatr, suzish havzasi va sport zali bor.
Eslatib o‘tamiz, Messi PSJga shu yilning yozida “Barselona”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar