Muhammad Isaev: "Al-Rayyan"ga urgan golim chiroylisi"

  • 10 aprel, 2022, 04:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasida qatnashayotgan Tojikistonning “Istiqlol” klubi ilk turda Qatarning “Al-Rayyan” klubiga qarshi bahsda 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ushbu bahsda “Istiqlol” safida nufuzli musobaqada ilk bor debyut qilgan hamyurtimiz Muhammad Isaev gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. U o‘sha uchrashuvdan so‘ng, Sports.uzga yana bir bor taassurotlarini bildirdi.

- Hissiyot juda ajoyib. Osiyo Chempionlar ligasi va undagi debyut...Shuncha payt Superligada o‘ynadim. Tabiiyki, Superliganikidan farqi katta. Bu bekorga Osiyo Chempionlar ligas deb nomlanmas ekan. O‘z nomi bilan Osiyoning eng yaxshi klublari o‘ynaydi. “Al-Rayyan” ham yaxshi jamoa ekan.

Jamoamga foydam tegishi uchun bor kuchim bilan harakat qildim va gol urdim. Lekin bu jamoamga etarli bo‘lmadi.

“Metallurg” safida “Lokomotiv”ga uzoqdan gol urgandim. O‘sha eng chiroylisi edi. Lekin bu safargisini nufuzli turnirda urganim uchun bunisi chiroyli.

“Al-Rayyan” tarkibida kuchli legionerlari bor. 8-raqamli futbolchisi Bexrami, 88-raqamda o‘ynagan Nzonzi...Men o‘rtada o‘ynaganim uchun ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Xames Rodrigesni jarohati bor ekan, shuning uchun uni ko‘rmadim.

77-raqam o‘zim yoqadi. Shu sababli “Istiqlol”da bu raqamni o‘zim tanladim, - dedi Isaev.

"Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynayman deb o‘ylamagandim". Legionerga aylangan futbolchimiz uchun voqealar rivoji shu qadar o‘zgarib ketdiki...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!