“Roma” va Shomurodovga muxlislik qilayotganlar o‘qisin!

  • 23 iyul, 2022, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ydi. Joze Mourino o‘z shogirdlari bilan yangi mavsumda A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi, Italiya kubogida zafar quchishi, UEFA Evropa ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishi asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Rim klubi o‘tgan mavsumni Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba bilan yakunlagani muxlislarda katta umidlarni uyg‘otmoqda.

volga_30

Joze Mourino bu vazifalarni bajarish uchun tarkibni jiddiy kuchaytirish shartligini ta’kidlagan va klub xo‘jayinlari  portugaliyalik murabbiy istagan o‘yinchilarni olib kelish imkoniyatini topmoqda.

Tabiiyki, “Roma”ning transferlari va tarkibdagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilikni qiziqtiradi. Shu bois, hali bir oy davom etadigan transferlar mavsumida hozirgacha yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Yangi o‘yinchilar:

14 iyun: “Roma” rahbariyati 33 yoshli serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Joze Mourino bilan bir yil hamkorlik qilishga rozilik bergan.

1 iyul: Poytaxt klubi 22 yoshli darvozabon Mile Svilar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Serb millatga mansub posbon “Benfika”dan olib kelindi.

5 iyul: “Roma” mutasaddilari Turkiya terma jamoasi va “Lill” himoyachisi Mehmet Zeki Chelikni A Seriyaga kelishga ko‘ndirdi. Turk futbolchisi 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga imzo qo‘ydi.

20 iyul: “Roma” tarkibini “Yuventus”dan ketgan Paulo Dibala to‘ldirdi. 28 yoshli argentinalik yulduz rimliklar bilan 2025 yilning 30 iyunigacha hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Bu yozning eng yorqin transferlaridan biri ekani ta’kidlanmoqda.

dibala_1_1

Sotuv va ijara:

21 iyun: Braziliyalik darvozabon Daniel Fuzato Ispaniyaning “Ibitsa” klubi bilan uch yillik bitim tuzdi. 21 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Brayan Reynolds Belgiyaning “Vesterlo” klubiga ijaraga berildi.

1 iyul: “Milan” bilan Alessandro Florentsi transferi bo‘yicha kelishuvga erishilgani xabar qilindi. Milanliklar ijarada o‘ynatgan o‘yinchini o‘ziniki qilib olish uchun rimliklarga 2,7 million evro kompensatsiya to‘ladi.

2 iyul: “Roma” mutasaddilari “Kremoneze»” bilan 19 yoshli yarim himoyachi Tommazo Milaneze transferini 750 ming evroga kelishganini tasdiqladi.

5 iyul: “Kremoneze”  vakillari “Roma”ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Maissa Ndiayeni to‘liq transfer qildi.

13 iyul: “Lechche” poytaxtliklarning 19 yoshli hujumchisi Joel Perssonni 800 ming evroga sotib oldi.

14 iyul: “Triestina” jamoasi 18 yoshli darvozabon Davide Mastrantonioni “Roma”dan ijaraga oldi.

Shartnomasi uzaytirilganlar:

“Roma” rahbariyati murabbiylar shtabi ishonchini oqlagan bir necha o‘yinchilarga yangi bitim taklif etdi. 26 yoshli markaziy himoyachi Janluka Manchini 2027 yil 30 iyungacha "bo‘rilar" safila qoladigan bo‘ldi.

orig_584298

Shuningdek, 19 yoshli hujumchi Feliks Afena-Gyan 2026 yilning 30 iyunigacha, 18 yoshli darvozabon Davide Mastrantonio, 18 yoshli himoyachi  Filippo Missori, 18 yoshli chap qanot futbolchisi Yan Oliveras, 19 yoshli yarim himoyachi Benjamin Taxirovich ham 2026 yilning yozigacha davom etadigan yangi bitimlarga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sobir Qandahorov
22/07/2022 21:07
Шомага нима алокаси бор
&
Восток
23/07/2022 21:20
Элдорга талукли куп малумот боракан
Sardorbek Mamatqulov
23/07/2022 21:02
Eldor haqida hech habar yoʻqku