“Lion” – “Beshiktosh” o‘yiniga oid faktlar

  • 13 aprel, 2017, 23:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqalardan so‘ng Evropa ligasi chorak finali doirasidagi “Lion” va “Beshiktosh” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur bahsga oid eng sara faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

>>“Ayaks” – “Shalke-04” o‘yiniga oid faktlar

>>“Selta” – “Genk” o‘yiniga oid faktlar

>>“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar

1. Bu jamoalar rasmiy o‘yinlar doirasida muqaddam to‘qnash kelishmagan;

2. “Lion” turk klublari bilan 2004/05 yilgi mavsumdan buyon xali ro‘baro kelmagan edi;

3. “Beshitkosh” esa o‘z maydonida frantsuz jamoalariga mag‘lub bo‘lmagan – 3 o‘yin, 2 g‘alaba va 1 durang. Ammo Frantsiyada kechgan har uchchala o‘yinda istanbulliklar mezbonlarga imkoniyatni boy bergan;

>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar

4. “Lion” 10 marta turk jamoalariga qarshi bahs olib borgan va 5 o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 o‘yinda durang, qolgan 4 bahsda esa imkoniyatni boy bergan;

5. “Lion” so‘nggi bor evrokuboklar chorak finalida 2013/14 yilgi mavsumda o‘ynagan. O‘shanda frantsuz klubi EChL chorak finalida “Yuventus”ni mag‘lubiyatga uchratgan;

6. “Sherlar” UEFA tasarrufidagi turnirlar yarim finalida o‘ynamaganiga ham 7 yil to‘libdi. 2010 yil jamoa UEFA kubogi yarim finalida “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergan;

>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar

7. “Beshiktosh” esa so‘nggi bor evrokuboklar chorak finalida 2002/03 yilgi mavsumda o‘ynagan. O‘shanda turklar UEFA kubogi chorak finalida “Latsio”ga imkoniyatni boy bergan;

8. Turk klubi UEFA tasarrufidagi turnirlarda yarim finalga chiqqan emas;

9. Bu mavsum EL chorak finalida qolgan 8 jamoa orasida faqatgina “Beshiktosh” o‘z mamlakatida amaldgi champion sanaladi;

>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar

10 1/8 finalda “Olipmpiakos” darvozasiga kiritilgan so‘nggi gol “Beshiktosh”ning evrokuboklardagi 250 goli edi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!