
Bugun Evropa jamoasi Shomurodov agentlari bilan muzokara o‘tkazadi!
“Roma” tezroq qutilmoqchi bo‘layotgan Eldor Shomurodovga bir necha klub da’vogarlik qilayotganiga qaramay, “Bolonya” o‘zbek hujumchisini o‘ziniki qilib olish uchun oxirigacha kurashmoqda.
“Bolonya” vakillari “Roma” bilan Shomurodovni keyinchalik transfer qilish huquqi bilan bir mavsum ijaraga olish masalasini hal qilib bo‘lgani va kelajakda bu klub o‘zbek futbolchisi uchun poytaxtliklarga to‘qqiz million evro to‘lashi lozimligi haqida xabarlar chiqdi.
Endi “Bolonya” mutasaddilari Eldor Shomurodovning roziligini olishi talab etiladi.
Sky Sport nashri taniqli jurnalist Janluka Di Martsioga tayanib tarqatgan xabarida 2 avgust kuni “Bolonya” mutasaddilari Eldor Shomurodov agentlari bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi.
“Roma” rahbariyati Eldor Shomurodovning transferi tezroq hal bo‘lishini intizorlik bilan kutmoqda. Poytaxtliklar bu transferdan so‘ng Eldor o‘rniga Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolaydi.
Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?
“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!
Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?
Tezkor! Shomurodov transferi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda!
Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!
“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!
Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!
Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!
Fikrlar