Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?
Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogining guruh bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. 18 yanvar kuni “V” guruhida ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazaladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hindistonlik futbolchilar bilan kuch sinashadi.
Bo‘lajak bahs musobaqani davom ettishimiz uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Futbolchilarimiz birinchi turda Suriya terma jamoasini enga olmadi. Ekspertlar bu bellashuvda o‘zbekistonlik bir ochko olganini emas, ikki ballni qo‘ldan chiqarganini ta’kidlamoqda.
Ayni paytda futbolga ixtisoslashgan manbalar Osiyo kubogidagi uchrashuvlar tahliliga e’tibor qaratgan. Xususan, Germaniyaning wettfreunde.net sayti ekspertlari ikkinchi turdan o‘rin olgan O‘zbekiston va Hindiston bahsida har ikki terma jamoa imkoniyatlarini baholadi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu tahlilni havola etadi.
- Osiyo kubogi tobora qizg‘in tus olmoqda. Guruh bosqichining ikkinchi turida musobaqa favoritlari nimchorak finalga chiqish uchun kerakli ochkolarni jamg‘arishi shart.
“V” guruhida keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab turgan ikki mamlakat – Hindiston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchinchi o‘rin sohiblari ham ayrim ko‘rsatkichlarga ko‘ra, musobaqani davom ettirish imkoniga ega bo‘lishini ham inobatga olish darkor.
Birinchi turdan keyin har ikki terma jamoa ma’lum ma’noda bosim ostida qoldi. Ularda hali guruhda ikkinchi o‘rinni egallash imkoni bor.
Hindiston dunyoning eng aholisi ko‘p mamlakati va iqtisodiy qudratini shiddat bilan rivojlantirib bormoqda. Biroq futbol nuqtai nazaridan hali bu katta qadamlarni tashlay olani yo‘q.
Hindiston Osiyoning eng kuchli terma jamoalari qatoriga kirmaydi. Biroq o‘zi joylashgan mintaqa – Janubiy Osiyoja muayyan yutuqlarga ega.
Qatarga katta umidlar bilan kelgan hindlar birinchi o‘yinda Avstraliyadan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Hindistonliklar o‘tgan yozdan beri jahon va qit’a chempionatlari saralash o‘yinlari va o‘rtoqlik uchrashuvlaridan oltitasida maydonga tushib, besh marta raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
Jamoaning eng nozik nuqtasi himoya chizig‘i hisoblanadi. Hindlarning ishongan “quroli” 39 yoshli forvard Sunil Chxetri. Xalqaro miqyosda 2005 yildan beri to‘p tepib kelayotgan hujumchi terma tarkibida 145 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 93 ta gol yozdirib qo‘ygan. Chxetri hali faoliyati davomida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi biror marta o‘ynamagan.
O‘zbekiston futbol taraqqiyoti bo‘yicha Hindistondan o‘tib ketganiga ancha bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi 2019 yilgi qit’a chempionatida 1/8 finalgacha etib bordi. Ishtirokini Avtsraliyaga qarshi o‘tkazilgan bahsda penaltilar seriyasidan keyin to‘xtatdi.
Qatarga kelgan terma jamoa tarkibida dunyoning kuchli ligalarida o‘ynayotgan futbolchilar bor. Ulardan ikki nafari – Abbosbek Fayzullaev va Rustam Ashurmatov Rossiya Premer ligasida o‘ynaydi. 19 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanov Evropa Chempionlar ligasi ishtirokchisi Frantsiyaning “Lans” klubi vakili hisoblanadi.
Bosh murabbiy Srechko Katanets qit’a chempionatida terma jamoaning eng kuchli futbolchisi – “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodovdan foydalana olmaydi. Xalqaro miqyosda 68 ta o‘yinda 38 ta to‘p kiritgan forvard terma jamoaning alishtirib bo‘lmas vakili hisoblanadi. O‘tgan yil oxirida barmog‘ini sindirib olgan Shomurodov terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Shunga qaramay, Srechko Katanets asosiy yulduzsiz ham g‘alaba qozonish mumkinligini namoyish qilgan o‘yinlar bor. O‘zbekiston so‘nggi ettita uchrashuvdan beshtasida g‘olib chiqdi. G‘alabali bahslardan uchtasi Shomurodovsiz qo‘lga kiritilgan.
O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi starti kutilganidek chiqmadi. O‘zbeklar Suriya terma jamoasi bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.
Umuman olganda, markaziy osiyoliklarni engish qiyin. 2023 yilda o‘zbeklar jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, shundan atigi ikkitasida mag‘lub bo‘lgan. Hozircha, O‘zbekistonning mag‘lubiyatsiz seriyasi sakkizta uchrashuvga etdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar hindlar bilan so‘nggi marotaba 2001 yili to‘qnash kelgan. O‘shanda bahs 2:1 hisobida o‘zbeklar foydasiga hal bo‘lga. O‘zaro oltita uchrashuvdan beshtasida markaziy osiyoliklarning qo‘li baland kelgan va bir marta durang qayd etilgan.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqishni maqsad qilgan va Hindiston futbolchilariga qarshi bo‘ladigan bahsda favorit hisoblanadi, - deb yozdi wettfreunde.net sayti eksperti Yozannes Skiba.
"V" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Hindiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalar o‘yini 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar
"В" гуруҳининг иккинчи туридан ўрин олган Ҳиндистон ва Ўзбекистон миллий терма жамоалар ўйини 18 январь куни Тошкент вақти билан соат 19:00 да бошланади.
Битта нашрда икки хил хабар. Қайси бирига ишонайлик. Силарда маъсулият борми ўзи?