Husanov va yana to‘rt futbolchi: “Lans” ketganlar haqida ma’lumot berdi!

  • 6 yanvar, 2024, 23:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya vitse-chempioni “Lans” mamlakat kubogining 1/32 bosqichida jiddiy raqib – “Monako” bilan kuch sinashishi kerak. Bu bellashuv 7 yanvarga belgilangan.

“Lans”ning yangi yildagi ilk uchrashuv oldidan bosh murabbiy Frank Xeyz tarkib tanlashda muammoga duch keldi.

Murabbiylar shtabi oldida “Monako”ga qarshi o‘tkaziladigan uy uchrashuvida optimal tarkibni shakllantirishi masala turibdi. Futbolchilar orasida  Afrika Millatlar kubogi, Osiyo kubogi, Olimpiya o‘yinlari saralash turnirida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoalariga yo‘l olgan asosiy tarkib o‘yinchilaridan tashqari, turli daraja jarohat olganlar ham ko‘payib ketdi.

Afrika qit’asidan kelgan uch futbolchi – Nampalis Mend Senegal, Sadis Abul Samed Gana va Morgan Gilavogi Gvineya terma jamoalari tarkibida qit’a chempionatida qatnashish uchun jo‘nat ketgan.

Shuningdek, kolumbiyalik iste’dodli yosh futbolchi Oskar Kortes o‘z mamlakati olimpiya terma jamoasiga 2024 yilning yozida Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun saralash musobaqasida yordam berishi kerak.

19 yoshli Abduqodir Husanov Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo kubogida to‘p tepish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga qo‘shilgan.

Srechko Katanets shogirdlari qit’aning eng nufuzli musobaqasida “V” guruhidan joy olgan va musobaqada imkon qadar uzoqroq borishga harakat qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini 13 yanvar kuni Suriya futbolchilariga qargi o‘tkazadi.

18 yanvarga belgilangan ikkinchi tur bellashuvida hamyurtlarimizga hindistonlik charm to‘p ustalari raqiblik qiladi.

Guruhdagi eng kuchli raqib – Avstraliya terma jamoasi bilan to‘qnashuv 23 yanvar kuni bo‘ladi. Aynan mana shu bahsda guruhda qaysi terma jamoa g‘olib chiqish masalasi hal etilishi kutilmoqda.

Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini to‘xtatmagunicha “Lans”ga yordam bera olmaydi.

photo_2024-01-03_20-14-27

Lansliklar bosh murabbiyi Frank Xeyz mamlakat kubogi doirasida “Monako”ga qarshi o‘tkaziladigan bellashuv oldidan bir necha futbolchi jarohat tufayli safdan chiqqani ham ma’lum qildi.

Uning aytishicha,  Jonatan Gradit jarohatidan forig‘ bo‘lib ulgurgani yo‘q. Himoyachiga yana kamida bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.

31 yoshli Massadio Haydara jarohati tufayli Mali terma jamoasiga bora olmadi. Afrika Millatlar kubogida qatnasha olmaydigan himoyachi son qismidan olgan jarohatini bir oy davomida davolashi talab etiladi.

Bundan tashqari, asosiy tarkib etakchisi Deyver Machado va yarim himoyachi Jimmi Kebot ham lazaretda va hozircha mashg‘ulotlarga qo‘shilgani yo‘q.

Jamoaning eng kreativ o‘yinchisi Nil Al-Aynau mushaklarini shikastlab olgani, Uesli Said tizzasidan zarba egan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ikki o‘yinchining maydonga qaytishi uzoq vaqt olmaydi. Biroq ularning “Monako”ga qarshi maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi.

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Shomurodov yo‘q, O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi eng xavfli futbolchisi kim?

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
07/01/2024 12:55
Хусанов кеттдими кака кеттди эх емон бубтида аа