“Roma” hujumida o‘zgarish. Bir hujumchi ketadi!

  • 17 mart, 2022, 23:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joze Mourino jamoasi hujumida muntazam o‘ynaydigan futbolchilar shakllanib bo‘ldi. Portaguliyalik mutaxassis oldini chiziqda asosan Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo tandemidan foydalanmoqda. Asosiy o‘rinbosar maqomida Feliks Afena-Gyan va Stefan El-Shaaravini ko‘rish mumkin.

Eldor Shomurodov va “Barselona” tarbiyalanuvchisi Karles Peres ayrim uchrashuvlardagina bir necha daqiqaga maydonga turishilmoqda.

Italiya matbuotining xabar berishicha, ispaniyalik hujumchi jamoadagi ahvolidan qoniqmayapti va yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtiryapti. Chunki yozda Mourino o‘z jamoasiga Aleksandr Lyakazett kabi tajribali hujumchini olib kelmoqchi. Frantsiyalik yulduz Italiya poytaxtiga ko‘chib, o‘tsa, Shomurodov singari Peresning ham asosiy tarkibga kirish imkoniyati yanada pasayib ketadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Karles Peresga Bundesliga vakili “Kyoln” jiddiy qiziqish bildiryapti. Shuningdek, ispan hujumchisi o‘z hamyurtlaridan ham bir juft taklif olgan.

Karles Peres 2020 yilning yanvarida “Barselona”dan Rimga ko‘chib o‘tgan edi. 24 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bitta golli pas oshirdi.

27ad3b

Kumbulla yubileyga tayyor

Konferentsiyalar ligasi nimchorak final javob uchrashuvi Marash Kumbulla uchun “roma” tarkibidagi 50-o‘yin sifatida qayd etiladi.

Albaniyalik himoyachi jamoani Joze Mourino qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan edi. Biroq, 22 yoshli futbolchi mavsum davomida o‘ziga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, portugaliyalik mutaxassis ishonchini oqladi va keyingi paytda muntazam boshlang‘ich tarkibda ko‘rinish beryapti.

Iste’dodli markaziy himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Italiyaning bir necha klublari Marash Kumbullani o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida uning o‘yinlarini kuzatib bormoqda.

1617030671_marashk

Oliveyra qolsa, Veretu ketadi!

Joze Mourino yanvar oyida “Portu”dan ijaraga olingan universal yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani kelasi mavsumga ham o‘z jamoasida olib qolmoqchi.

Buning uchun “Roma” klubi portugaliyaliklarga yana 12 million evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi. Klub xo‘jayinlari bu transferga shoshilmasdan tajribali futbolchining o‘yinini mavsum oxirigacha tahlil qilish kerakligini ta’kidlamoqda.

Futbolchining agenti Jorje Mendesh ham uni Rimda qolishi uchun bor mahoratini ishga solmoqda.

Agar Serjiu Oliveyra “Roma”da to‘liq ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, rahbariyat frantsiyalik legioner Jordan Veretuni sotib yuboradi. Gol urishni yaxshi ko‘radigan bu tayanch yarim himoyachisiga “Nyukasl”dan taklif bor. Shuningdek, “Milan” ham uni o‘z nishonida ushlab turibdi.

“Roma” Jordan Veretu transferidan 20 million evro ishlab olmoqchi va ana shu mablag‘ning bir qismini Oliveyrani olib qolishga sarflashni rejalashtirgan.

220947_m_1

Vilyar “Roma”ga qaytmoqchi

“Roma”da ishlari yurishmaganidan keyin qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Xetafe”ga o‘tib ketgan Gonsalo Vilyar Ispaniya chempionatida ham o‘zini ko‘rsata olmayapti.

Iste’dodli yarim himoyachi La Ligada uch marta ko‘rinish berdi va jami 29 daqiqa harakat qildi.

Uning agenti Alexandro Kamano mijozining faoliyatiga baho berib, Gonsalo kelasi mavsum “Roma” safiga qaytishini ma’lum qildi.

- Gonsalo hozir katta tajriba to‘playapti. Vilyar katta iste’dodgi ega yosh o‘yinchi. Ispaniyalik muxlislar vaqti kelib bunga amin bo‘ladi.

Mourino “Roma”ni qabul qilib olganida men uning Vilyarga imkon bermasligini va futbolchi boshqa erda o‘ynashini istayotganini tushinib etganman.  Bu uning har tomonlama kuchayishi uchun kerakli holat. Vaqti kelib, Vilyar “Roma” uchun muhim o‘yinchiga aylanadi. Hozir uning rimliklar bilan shartnomasi amalda. Keyingi mavsum u Rimga qaytadi, - dedi  Alexandro Kamano.

Mourino mashhur hujumchiga qo‘ng‘iroq qildi. U Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

Shomurodov eng zo‘r jamoada o‘ynayotgan ekan...

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

“Roma” hujumchilaridan biriga yangi jamoa qidira boshladi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Mourino “Vitess”ga qarshi taktika tanladi. Unda Shomurodovga joy bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dostonjon
16/03/2022 21:10
Shomurodov boshqa klubga oʻtishi kerak nazarimda yoʻqsa oʻyiniga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa terma jamoamizning asosiy hujumchisi!