Yapon futbolchisi O‘zbekiston kuchayganini tan oldi
Qozog‘istonning “Elimay” jamoasi a’zosi Takuya Matsunaga Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogi musobaqasiga doir o‘z fikrlarini bildirdi.
Yaponiyalik futbolchi sportplustv.kz saytiga bergan intervsida O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida ham gapirdi.
33 yoshli Takuya Matsunaga professional faoliyati davomida Litva, Estoniya, Indoneziya, Farer orollari, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jamoalarida to‘p tepgan.
— Takuya Osiyo kubogida siz uchun qadrli bo‘lgan Yaponiya terma jamoasi ishtirok etmoqda. Musobaqani kuzatib boramizmi?
— Albatta, men Yaponiyaning har bir o‘yinini kuzataman va terma jamoaga muxlislik qilaman. Bizning guruhimizda Iroq, Vetnam va Indoneziya bor. Biz bu terma jamoalarga qarshi bo‘ladigan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylayman.
— Sizning fikringizcha, Osiyo chempionatida qaysi milliy terma jamoalar hammani hayratga solishi mumkin?
— O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari hozir jadal rivojlanib bormoqda. Aynan ularning nimalarga qodirligi ko‘pchilikni o‘ylantirib turibdi.
— Turnir favoriti qaysi jamoa? Kubokni kim oladi?
— Albatta, Yaponiya. Bu terma jamoa asosiy favorit. Lekin Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonini ham hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Men esa bosh sovrinni biz yutishimizga umid qilaman.
Osiyo kubogi tarixida Yaponiya bu musobaqada eng ko‘p g‘olib chiqqan terma jamoa hisoblanadi. Kunchiqar yurt vakillari jami besh marotaba finalda o‘ynagan. Shulardan 1992, 2000, 2004, 2011 yillarda bosh sovringa ega chiqqan.
2019 yilgi finalda yaponlar bu galgi musobaqa mezboni Qatar milliy terma jamoasidan 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Asosiy tarkibining aksariyati Evropaning kuchli klublarida faoliyat yuritayotgan Yaponiya terma jamoasi o‘z oldiga beshinchi marta Osiyo kubogini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, qit’a chempionatini “V” guruhidan boshlaydi. Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz birinchi uchrashuvini 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da Suriya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Guruhdagi ikkinchi bellashuv 18 yanvarga belgilangan va unda hamyurtlarimiz Hindiston milliy terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi.
“V” guruhining markaziy uchrashuvi 23 yanvar kuni O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!
Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti
Husanovni Frantsiyada kutishyapti!
“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!
O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!
Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi
Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi
Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!
Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!
Fikrlar