
G‘alaba uchun O‘runov etishmadi!
Rossiya chempionati premer-ligasini 14-pog‘onada yakunlagan “Ufa” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘tish turnirida kuchli jamoalar qatoriga qo‘shilish uchun kurashayotgan Milliy futbol ligasi etakchilaridan “Orenburg” bilan raqobatlashmoqda.
Qoidaga ko‘ra, premer-ligada 13 va 14-pog‘onani egallagan jamoalar Milliy futbol ligasining uchinchi va to‘rtinchi klubi bilan uy-safar tizimida o‘zaro raqobatlashadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, g‘olib chiqqan jamoa kelasi mavsum yuqori divizionda o‘ynaydi.
Aleksey Stukalov bosh murabbiylik qilayotgan “Ufa” dastlabki uchrashuvni “Orenburg” maydonida o‘tkazdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda ufaliklar chempinat to‘purari Hamid Agalarov va Vladislav Kamiloning aniq zarbalari evaziga ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq premer-liga vakili g‘alabani ushlab qola olmadi. Mezbonlar Renato Goykovich va Andrey Malix tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvdan keyin Aleksey Stukalov g‘alabani ushlab qolish uchun mahoratli futbolchilar etishmaganini tan oldi:
- O‘yinga qanday izoh berishim mumkin. Uch kun avval o‘ta muhim va murakkab o‘yin o‘tkazib, o‘tish turnirida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdik, quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qoldik. O‘sha o‘yinda uch nafar etakchi o‘yinchilarimizni yo‘qotdik. Bugun g‘alabani ushlab qolish uchun Oston O‘runov etishmadi. Oleg Ivanov va Vyacheslav Krotovning ham yo‘qligi bilindi.
O‘yinda futbolchilarning individual mahorati evaziga ustunlikka erishdik. Raqib darvozasiga bosim uyushtirdik. Hisobda oldinga chiqib oldik. Lekin g‘alabani ushlab qolishga zaxira o‘rindig‘ining qisqaligi to‘sqinlik qildi.
“Orenburg”ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinida tarkib umuman boshqacha bo‘ladi.
- Agalarovning zaxiraga olinishi majburiy qarormi? Vaziyat qanchalar jiddiy?
- Men sizga maydonda 112 daqiqa kurashganimizni aytim. Bungacha safarga chiqish, avtobusda yo‘l azobi kabi omillar ham bor. Futbolchi mayda narsaning o‘zi yo‘q.
- Hordiq va tiklanish uchun ikki kun berilgan. Shu etadimi?
- Biz va “Orenburg”da ikki kundan. Bizda ikki, ularda besh kun dam olish emas. Demak, hammamiz teng vaziyatdamiz. Hozir futbolchilarni tezroq tiklanishiga yordam beradigan muolajalarga e’tibor qaratamiz. Qolgani keyin hal bo‘ladi. O‘yinchilarimizni jangovar holatga olib kelish uchun bor imkoniyatdan foydalanmiz.
“Ufa” va “Orenburg” o‘rtasidagi javob o‘yini 28 may kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Oston O‘runov bu uchrashuvni nega o‘tkazib yuborganiga qiziqayotganlar uchun shuni ma’lum qilamizki, legionerimizning hisobidagi sariq kartochkalar soni to‘rtta etgani uchun u “Orenburg” jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
O‘runov mavsum oxiriga kelib, sport formasini to‘liq tiklab oldi va so‘nggi uchrashuvlarni boshlang‘ich tarkibda boshlab, jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylandi.
Agar “Ufa” premer-ligadagi joyini saqlab qoladigan bo‘lsa, ushbu klub rahbariyati katta ehtimol bilan “Spartak”dan legionerimizning transfer huquqini to‘liq sotib oladi. Klub o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “Ufa” O‘runovni to‘liq olib qolish uchun bir million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
O‘runov joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Mourino: Agar men finalni yutsam...
Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?
Evropani ko‘zlagan Umarovning o‘yiniga agentlar to‘sqinlik qilyapti va uni boshqa klubga o‘tkazishmoqchi!
Shomurodov “Roma”ga kerakli ekanini isbotlay olmadi?
Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!
“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!
"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!
Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!
Fikrlar