“Ayaks”ning qimmatbaho sotuvlari
O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”, “Tottenxem”, “Manchester Siti”,"Arsenal", “Everton”, "Portu" va "Chelsi" jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Portu”ning qimmatbaho sotuvlari.
- “Real”ning La ligadagi eng yaxshi to‘purarlari Top-10 ligi
- Legionerlarimiz dam olish kunlari qanday o‘ynashdi?
- Bizga titul homiy kerak emas…
5. Kristian Kivu – 18 mln evro

1999 yil “Ayaks”ga taklif etilgan Kivu “Amsterdam-Arena”da 4 mavsum to‘p surdi. Bu vaqt oralig‘ida “Ayaks” safida 150 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan Kivu gollandiyada qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 2003 yilda esa “Roma” rumyniyalik himoyachi uchun “Ayaks”ga 18 mln evro to‘lagan edi.
4. Luis Suares – 26,5

2007 yil “Groningen”dan 7,5 mln evro evaziga jamoaga taklif etilgan Suares ham “Ayaks”da 4(aslida 3,5) mavsum to‘p suradi va 159 o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 111 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ladi. Bunday sermahsul natijalarga mahliyo bo‘lib qolgan “Liverpul” rahbariyati urugvaylik forvardni 2011 yilgi qishki transfer bozori vaqtida 26,5 mln evroga sotib olishadi va adashishmaydi…
2-3. Uesli Sneyder – 27 mln

Sneyder “Ayaks” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi va klub yoshlar tizimida 9 yil futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. 2002 yil asosiy jamoada debyut qilgan Uesli “Ayaks” safida 5 yil to‘p suradi va 23 yoshida “Real”ga transfer qilinadi. Ozmuncha pul evaziga emas, albatta – 27 mln evro.
2-3. Klaas-Yan Xuntelaar – 27 mln

2006 yilgi qishki transfer oynasida “Xereven”dan 9 mln evro evaziga sotib olingan Xuntelaar jamoaga tezda kirishib ketadi va dastlabki mavsumdayoq Eredivizon to‘purarligini qo‘lga kiritadi. “Amsterdam-Arena”da jami 3 mavsum to‘p surgan Xuntelaarga 2009 yilgi qishki transfer bozorida “Real” jiddiy qiziqish bildiradi. Yakunda, “qaymoqranglilar” gollandiyalik superto‘purarni 27 mln evroga harid qilishadi. E’tiborlisi, anchagina katta summa evaziga sotib olingan Xuntelaar “qirollik klubi”da yarim mavsum to‘p suradi, xolos.
1. Arkadiush Milik – 35 mln

Milik dastavval, “Ayaks”ga ijara asosida keladi. Mavsum davomida 33 bellashuvda ishtirok etgan Milik raqiblar darvozasini 23 marta ishg‘ol etadi va mavsum yakunida amsterdamliklar polshalik iqtidorni 2,3 mln evroga transfer huquqini sotib olishadi.Umuman, “Ayaks”da ikki mavsum davomida 47 ta to‘p kiritgan Milikni ushbu mavsum avvalida “Napoli” 35 mln evroga sotib oladi. Hozircha mazkur sotuv – “Ayaks”ning eng qimmatbaho transferi bo‘lib turibdi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar