Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

  • 8 aprel, 2017, 08:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Ispaniya La ligasi 31-turi doirasida “Santyago Bernabeu”da Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. Biz esa ushbu derbi oldidan sizlarga turli qiziqarli faktlarni taqdim etishda davom etamiz. Bugun ushbu derbida eng ko‘p zafar quchgan 5 futbolchi bilan sizlarni tanishtiramiz.

>>“Atletiko” va yana 5 ta Ronalduning La ligadagi sevimli jamoalari

>>“O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!

>>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

5. Santyago Bernabeu – 12 ta gol

Don Santyago 1911-1927 yillarda “Real” safida to‘p surgan va “Real” libosida “Ateltiko”ga qarshi o‘yinlarda 12 bor gol kiritishning uddasidan chiqqandir.

>>“Lester” va EChLdagi debyut mavsumida chorak finalga chiqqan 5 jamoa

4. Ferents Pushkash – 13 ta

1958-1966 yillarda “blankoslar” safida to‘p surgan afsonaviy Pushkash “Real” libosida 240 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan. Shu gollarning 13 tasi esa “Atletiko” darvozasiga kiritilgan. Umuman vengriyalik super to‘purar “qaymoqranglilar” safida 10 ta jamoaviy sovrin yutishga erishgan.

>>EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati

3. Karlos Santilyana – 15 ta

1971-1988 yillarda “Real”da to‘p surgan Santilyana jamoa safida 17 yil mobaynida 289 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. “Atletiko”ga qarshi o‘yinlarda esa 15 bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 17 yil “Santyago Bernabeu”da faoliyat yuritgan Karlos jamoa bilan 16 ta titulni qo‘lga kiritgan.

>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

2. Alfredo Di Stefano – 17 ta

Yana bir afsona Alfredo Di Stefano esa yaqin-yaqingacha Madrid derbisidagi eng yaxshi to‘purar sanalar edi. Biroq Krishtianu Ronaldu Di Stefanoning barcha rekordlarini birin-ketin “buzib” ketmoqda. Alfredo 1953-1964 yillarda “qaymoqranglilar” safida to‘ p surgan va raqiblar darvozasini 307 bor ishg‘ol etgan. Shu gollarning 17 tasi esa “matraschilar” darvozasidan joy egallagan ekan.

>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”

1. Krishtianu Ronaldu – 18 ta

Portugaliyalik super yulduz 2009 yildan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Uning Madrid derbisidagi gollari soni esa 18 tani tashkil etadi. Birinchi davrada “xet-trik” qayd etgani sabab u bu borada birdaniga Santilyana xamda Di Stefanolarni ortda qoldirishga erishdi. Umuman olganda esa “Atletiko” Krishtianuning eng “sevimli” jamoalaridan biridir.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!