
Zidan bu mavsum kimlarga ko‘p ishondi?
Madridning “Real” klubi 5 yillik tanaffusdan so‘ng nihoyat Ispaniya La ligasida g‘alaba qozondi. “Qaymoqranglilar” bu ishni Zidan qo‘l ostida amalga oshirishdi. Xo‘sh, Zidanga muvaffaqiyat olib kelgan ushbu mavsumda frantsuz murabbiyi kimlarga ko‘p ishondi? Bugun shular haqida bilib olamiz.
>>Chicharito to‘purar yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>“Bavariya”ning so‘nggi 5 sardori
>>Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar
Lukas Vaskes – 33 ta o‘yin
Vaskes Zidanning “lyubimchigi”dir. Zinedin uni deyarli har bir bahsda o‘ynatdi. To‘g‘ri, asosan zahiradan maydonga tushgan Lukas maydonda u qadar ko‘p vaqt harakatlanmagan – 1386 daqiqa.
>>Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi?
Isko va Marselo – 30 ta o‘yin
Isko ham o‘yinlar soni bo‘yicha qolganlardan ancha ustun. Biroq u 1637 daqiqa maydonda harakatlangan xolos. Shunday qisqa vaqtda ham u 10 ta gol kiritishning uddasidan chiqa bilganini e’tirof etish joiz.
>>Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos va Karim Benzema– 29 tadan o‘yin
Bu erda barchasi tushunarli. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hozirda o‘zining eng yuksak sport formasida bo‘lib turibdi. Ayniqsa, may oyida uni to‘htatib qolishning sira iloji topilmadi. Zidan esa shunday super futbolchisini La ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushirdi. Frantsiyalik mutaxassis autsayderlarga qarshi bahslarda Krishtianuga dam olish imkoniyatini taqdim etdi va portugaliyalik futbolchining hozirgi holati ham aynan mazkur qarorning to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi.
Kroos borasida esa ortiqcha ta’rifga xojat bo‘lmasa kerak. Germaniyalik futbolchi “Real”ning asosiy figuralaridan sanaladi. Uning universalligini ham aytish joiz. Toni kerak bo‘lsa, himoyada ham o‘ynay olishini “El-Klassiko”da ko‘rdik.
Benzemani mavsum davomida tanqid qilib kelishdi. Uning o‘zi esa nimalarga qodirligini EChL yarim finalida “Atletiko”ga qarshi javob o‘yinida ko‘rsata oldi.
>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
Serxio Ramos va Nacho – 28 tadan
“Real” sardori esa bu mavsum chempionat doirasida 28 ta bahsda maydonga tushdi va 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Uning gollari ahamiyati bo‘yicha esa gapirmasa, ham bo‘laveradi. Ramosning gollari bu mavsum “qirollik klubi”ga 9 ochkoni taqdim etganini boshqa nima bilan izohlash mumkin?
Nacho esa asosan “noiloj” holatda maydonga tushirildi. Shunday bo‘lsada, Nacho 28 ta bahsda maydonga tushganini ta’kidlash joiz. To‘g‘ri, u maydonda faqatgina 2302 daqiqa harakat qilgan xolos. Yoshligida qandli diabet bilan og‘rigan Nacho bu mavsum ikki bor to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida
Keylor Navas va Mateo Kovachich – 27 tadan o‘yin
Navasning holati bo‘yicha, barchasi tushunarli bo‘lsa kerak. U maydonda jami 2430 daqiqa harakatlangan.
Kovachich esa odatda Kazemironing o‘rniga doimiy ravishda tushib kelishidan xabardorsiz. Shu bois, xorvatiyalik yarim himoyachida o‘yinlar soni ko‘p bo‘lsada, daqiqalar nuqtai nazaridan olganda 1688 daqiqa maydonda harakatlangan xolos.
>>Buffon eta olmagan rekord haqida
Alvaro Morata – 26 ta o‘yin
Zidan nega Benzemani Moratadan ustun qo‘yadi? Gollar soni bo‘yicha Morata frantsuz futbolchisidan ancha ustun. Biroq u maydonda 1331 daqiqa harakatlangan xolos. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 51 daqiqa demakdir. Buncha vaqt davomida esa ispaniyalik hujumchi raqiblar darvozasini 15 bor ishg‘ol etgani taxsinga sazovordir.
Luka Modrich va Kazemiro – 25 tadan o‘yin
Modrich va Kazemiro “Real” yarim himoyasining asoslaridan biridir. Ular doimo asosiy tarkibda maydonga tushishadi. Biroq ikkinchi bo‘limda odatda bu ikkovlonning o‘rnini boshqa futbolchi egallaydi. Biroq mavsum davomida 25 ta o‘yin o‘tkazish Modrichda jiddiy muammo borligidan dalolat beradi.
Dani Karvaxal, Marko Asensio va Rafael Varan – 23 tadan o‘yin
Karvaxal shubhasiz “Real”ning chap qanot “qiroli”dir. U o‘zining ham himoya, ham hujumdagi ishonchli harakatlari bilan muxlislar va Zidanning erkatoyiga aylanib ulgurdi. Faqat unga jarohatlar pand bermoqda.
Asensio esa shubhasiz mavsum kashfiyotiga aylandi. Uni UEFA Superkubogida kiritgan goliga qadar hech kim tanimas edi. Biroq hozirda uni “Real”ning kelajagi sifatida e’tirof etishmoqda. Agarda, o‘sishdan to‘htab qolmasa, albatta shunday bo‘lishi aniq.
Varanga ham jarohatlar mavsum davomida xalal berib keldi va ayni shu sabab mavsum boshidagi ayrim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Shunday bo‘lsada, u mavsum davomida 23 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Garet Beyl – 19 ta o‘yin
Beylning esa boshi jarohatdan “chiqmadi”. Uelslik futbolchi endi safga qaytgan paytida “Barselona”ga qarshi bahsda yana jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Biroq Beyl ona shahri – Kardiffda o‘tadigan finalda o‘ynash uchun astoydil harakat qilmoqda. Jarohatlar girdobidagi Beyl mavsum davomida “Real” safida 19 ta o‘yinda ishtirok etishga erishdi.
Pepe – 13 ta o‘yin
Pepe esa yozda jamoadan ketishi kutilmoqda. Portugaliyalik himoyachi bu mavsum La ligada 13 o‘yinda ishtirok etdi va ikki bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Jumladan, “Atletiko”ga qarshi kechgan “Santyago Bernabeu”dagi goli xali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
Kiko Kasilya – 11 ta o‘yin
Kasilya esa Navas jarohat olgan mahal unga munosib o‘rinbosar bo‘la oldi. Kiko bu mavsum Ispaniya chempionatida 11 uchrashuvda “Real” darvozasini qo‘riqladi.
Mariano – 8 ta o‘yin
Mariano ham bu mavsum ancha “ochildi”. U La ligada 8 o‘yinda maydonga tushdi va ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishning uddasidan chiqdi.
Fabio Koentrao – 3 o‘yin
Koentrao esa mavsum davomida deyarli maydonda ko‘rinmadi va 3 ta bahsda ishtirok etdi xolos.
Alvaro Texero – 1 o‘yin
Texero esa “Deportivo”ga qarshi 6:2 hisobida yakunlangan o‘yinda “qirollik klubi” safida debyut qildi. To‘g‘ri, 20 yoshli futbolchi o‘sha bahsda ikki daqiqa maydonda harakat qildi xolos.
Izox: Faqat Ispaniya chempionatidagi natijalar inobatga olingan
Tavsiya etamiz:
- Messini kamsitmang!
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar