
“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari
O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”, “Tottenxem”, “Manchester Siti”,"Arsenal", “Everton” va "Chelsi" jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari.
Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz
“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi
5. Serxio Ramos – 27 mln evro
Bugungi kunda “Real”ni so‘nggi daqiqlarda qutqarib qolayotgan Ramos “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. “Sevilya”ning bosh jamoasida bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p surgan Ramos uchun “Real” rahbarlari 27 mln evro berishadi. Qayd etish joiz, ushbu transfer “Sevilya” tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlardan biridir.
>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
4. Kevin Gameyro – 32 mln
2013 yil “PSJ”dan 10 mln evroga taklif etilgan Gameyro andalusiyaliklar safida 3 mavsum to‘p surdi va jamoaga kirishib keta oldi. 3 mavsum davomida “Sevilya” safida to‘p surgan frantsiyalik hujumchi jamoa safida 144 o‘yin o‘tkazib, 67 bor gol urgan va 16 marotaba sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan. Ushbu mavsum avvalida esa “Atletiko” Kevin uchun 32 mln evroni “Sevilya”ning hisob raqamiga o‘tkazib berdi va uni o‘z safiga qo‘shib oldi.
>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari
3. Gjegoj Kryxovyak – 34 mln
2014 yilning yozida “Reyms”dan 4,5 mln evro evaziga harid qilingan Kryxovyak jamoada ikki mavsum to‘p surdi va 89 ta o‘yin o‘tkazgan xolda raqiblar darvozasini 5 bor aniq nishonga olishga erishadi. “Sevilya” bilan ikki bor Evropa ligasida g‘olib chiqqan polshalik futbolchinini ushbu mavsum avvalida “PSJ” 34 mln evroga sotib oldi. Qayd etish joiz, anchagina katta summaga kelgan polshalik yarim himoyachi hozirda parijliklarning yoshlar jamoasi tarkibida o‘ynamoqda.
2. Xose Antonio Reyes – 35 mln evro
17 yoshida “Sevilya”ning yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tkazilgan Reyes kelgusi mavsumlarda asta-asta asosiy tarkibdan muqim joy oladi. Reyes 21 yoshga to‘lgach esa uni Venger “Arsenal”da ko‘rishni istab qoladi va futbolchi uchun andalusiyaliklarga 35 mln evro to‘laydi. Keyinchalik faoliyatini “Real”, “Atletiko” va “Benfika” kabi jamoalarda davom ettirgan Reyes 2012 yildan yana qadrdon jamoasiga qaytib keladi va 2016 yildan e’tiboran esa “Espanol”da to‘p surib kelmoqda.
>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
1. Daniel Alves – 35,5 mln
Braziliyaning “Baiya” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dani Alves 2001 yil “Sevilya”ga ko‘chib o‘tadi va o‘z ema, ko‘p emas 6 yil “Ramon Sanches Pisxuan”da o‘ynaydi. Andalusiya klubi bilan UEFA superkubogi, UEFA kubogi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi 2008 yil 35,5 mln evro evaziga “Barselona” safiga borib qo‘shiladi. Aynan mazkur transfer andalusiyaliklar tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlari sanaladi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar