
Husanov haqiqatan “Monstr” ekan!
Frantsiya chempionatidagi yagona vakilimiz – Abduqodir Husanov Liga 1 beshinchi turida “Mets”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda debyutini nishonladi.
19 yoshli markaziy himoyachi o‘zining ishonchli o‘yini bilan frantsiyalik mutaxassislar, jurnalistlar va muxlislar e’tiborini qozondi.
“Lans”ning ashaddiy muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futbolchisining debyut uchrashuvidagi o‘yinini keng muhokama qilmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga frantsiyalik muxlislarning Abduqodir Husanov haqidagi fikrlarini havola etadi.
Cricriz02:
Husanov – top! Unda hech qanday muammo yo‘q!
Karlfut:
Yana yutqazdik. Lekin yangi “Monstr” – Husanovni kashf qilganimiz bilan o‘zimizni ovutyapmiz.
Manchjuriya22:
Husanov haqiqatan “Monstr” ekan. Meni yosh o‘yinchi bu qadar hayratga solganini eslay olmayman. U Evropada katta o‘yinchiga aylanishiga ishonaman. Boshqachi bo‘lishi mumkin emas. Bu birinchi o‘yinidanoq ma’lum...
Den:
Husanov juda yaxshi o‘yinchiligi ko‘rdik.
Olive 6:
Fikrlarga qo‘shilaman. Husanov yangi o‘yinchilarimiz orasida eng yaxshisi. Abduqodir yosh bo‘lishiga qaramay, yaxshi o‘yin o‘tkazdi, buni tan olishimiz kerak.
Karlfut:
Husanov qanchaga olindi? Men 100 ming evro ekanini ko‘rdim. Diufchi? 14 million evro turadi? Husanov undan zo‘rligini kim menga tushuntirib beradi?
Alen53:
Diuf o‘tgan yili Evropa Ligasining eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgani uchun e’tiborni tortgan va narxi 14 million evroga ko‘tarilgan. U jismonan baquvvat yosh o‘yinchi, lekin psixologiyasi nozikroq. Husanov – haqiqiy kashfiyat, maqtaganlaricha bor ekan.
Robka62:
Husanov – top! Hammaning orqasini yopdi.
Seb:
Husanov qanday zo‘r o‘ynadi. Shu kechaning eng katta kashfiyati bo‘ldi. Endi uni yana boshlang‘ich tarkibda kutman. Ishonchimni oqlagan yagona o‘yinchi bo‘ldi.
GlobulaSangetOr:
Husanov “Monstr” ekan. Xotirjam o‘ynashiga tan berdim. Kelajagi porloq...
Sil1362:
Husanovning o‘yinini tomosha qilib, qoniqish hosil qildim. U yaxshi o‘yinchi ekan.
Goldgot:
Yangi o‘yinchilarga baho berishga hali erta. Lekin hozirdanoq Husanov va Agiler juda qiziqarli transfer bo‘lib ko‘riyanpti.
Eten62:
Bu o‘yin besh soat davom etganida ham hisob o‘zgarmas edi. 32 ta urinishdan birorta gol urolmadik. Fuljini, Tomasson va Diuf o‘rtamiyona o‘yinchilar ekan. Husanov esa birinchi uchrashuvdayoq zo‘rligini ko‘rsatdi.
Karlfut:
Husanov hayratga soldi!
Teytur62:
Husanov “podkat”ga rosa usta ekan.
Jeronimo:
Hujum tashkil qiladigan o‘yinchilar etishmayapti. Texnik aniqlik yo‘q. Yagona qoniqtirgani Husanovning o‘yini bo‘ldi.
Tarnagas:
Medina qaytganidan keyin ham oltinchi uchrashuvda Husanov va Abdul Samedni birga boshlang‘ich tarkibda ko‘rishni istayman.
Fikrlar